Get Mystery Box with random crypto!

V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat universiteti Toshkent davlat | YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda amalga oshirayotgan qoʻshma ta'lim dasturiga kirish sinovlarining 1-bosqichi natijalarini e'lon qildi.

“Rus tili” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan umumlashtirilgan natijalar – bu yerda.

Vedomostlar:
– “Rus tili” fani;
– “Jamiyatshunoslik” fani.

60 va undan yuqori ball (ya'ni 200 ballik tizimda 30 va undan yuqori foiz) toʻplagan abituriyentlar kirish sinovlarining 2-bosqichi – rus tilidan test sinovlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar. Bu testlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

2-bosqichdagi test sinovlarining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM