Get Mystery Box with random crypto!

Yuldashev.UZ

Telegram kanalining logotibi yuldashevuz — Yuldashev.UZ Y
Telegram kanalining logotibi yuldashevuz — Yuldashev.UZ
Kanal manzili: @yuldashevuz
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.30K
Kanalning ta’rifi

@yuldashevuz #tabiatniasrang
Ozodlik! Tenglik! Birodarlik!
📫 @y_aloqabot x @Liefde_2
👇Bizning Ijtimoiy Tarmoqlar:
socprofile.com/yuldashevuz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-12 06:35:29 1919-yil Lenin va Stalinning oʻzbek millatini yoʻq qilish rejasi!

1919-yil Stalin va Lenin Kremlning 3-qavatida turib oʻzbek millatini batamom qaramlikda saqlash haqida bosh qotirishadi. Bu yurtdan koʻplab ilm egalari va buyuk sarkardalar yetishib chiqqani va ularni itoatda saqlash qiyin ekanini anglagan Sovetlar bu masalada akademik, sharqsunos Bartolddan maslahat soʻrashadi. Bartold ularga 5 ta moduldan iborat konsepsiya ishlab beradi, unga binoan:

1-bosqich: Dindan ayirish(shu sababli ham "din-afyundir" degan vaj tarqatilgan. Din millatni birlashtiruvchi kuch edi. Shu sababli ham diniy qadriyatlarni yoʻqotishga harakat qilingan)

2-bosqich: Tildan mahrum qilish(aholi orasida rus tili va madaniyati targʻib qilindi, bir necha marta oʻtkazilgan alifbo islohotlaridan koʻzlangan maqsad ham xalqni savodsiz qilish edi)

3-bosqich: Tarixini yoʻqotish(sovet hukumati tomonidan ongimizga ruslar bosqinidan avval qoloqligimizni, bizni ruslar rivojlantirgani singdirilgan, asl qahramonlarimiz esa bosqinchi deb oʻqitilgan yoki umuman ular haqida gapirilmagan, bundan maqsad vatanparvarlik va oʻzlik tushunchalarini butkul yoʻqotish edi)

4-bosqich: Toponomik islohot(yaʼni qadimiy joy nomlarini yevropacha nomga oʻzgartirish, (masalan Skobelev-Fargʻona) bundan maqsad esa, yillar oʻtib xalq oʻz yashab kelgan joy nomini unutishi va yevropacha nom bilan atashligi, umuman vatan tushunchasini yoʻqotish edi)

5-bosqich: Internatsional oila(Oʻzbek yigitlarini rus qizlarga uylantirish, oʻzbek qizlarini rus yigitlariga erga berish. Bu ishlardan koʻzlangan maqsad esa, rusiyzabon aholini koʻpaytirish edi. Shu zaylda davom ettirilsa yillar oʻtib yagona millat rus millati qolar edi.)

P/s:

Yuqoridagi besh modul barcha mustamlakalarga nisbatan qoʻllangan. Bundan maqsad xalqlarning dini, tili, tarixi, madaniyati unuttirilib, ularni ruslar bilan chatishtirish va oxirida yagona sovet(rus) millatini yaratish edi. Sovetlar butun boshli xalqlardan yagona rus millatini yaratishga bel bogʻlagan edilar.
Bular yordamida sovetlar abadiy hukmronlik qilish mumkinligini yaxshi bilganlar.

"Oʻzligini yoʻqotgan millat hech qachon bosh koʻtarmaydi.
"

Telegram | YouTube | Instagram
1.8K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-03-11 21:32:10

2.1K views18:32
Ochish/sharhlash
2023-03-11 20:04:33
“Uyg‘onar cho‘qqilar ustida oftob”

O'zbekiston Davlat madhiyasi matni va musiqasi bo'yicha 1990-1992-yillarda bo'lib o'tgan nomzod asar. Tanlovda 2-o'rinni egallagan va 75 ming so'm pul mukofoti bilan taqdirlangan

Mirpo'lat Mirzo she'ri
Rustam Abdullayev musiqasi

Yuldashev.UZ | Rasmiy Kanal
2.1K views17:04
Ochish/sharhlash
2023-03-11 18:38:53 Ukraina Qurolli kuchlari: Baxmutda so‘nggi 24 soat ichida 23 ta harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi, Rossiya armiyasining yo‘qotishlari 500 kishidan oshdi

"Kun davomida Baxmut yo‘nalishida 53 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi, ulardan 23 tasi shaharning o‘zida sodir bo‘ldi", — deydi Ukraina Qurolli kuchlari kuchlari Sharqiy guruhi matbuot kotibi Sergey Cherevatiy.

"Ukraina Qurolli kuchlari 221 nafar rossiyalik harbiyni halok qildi, yana 314 nafar rossiyalik yaralandi", — deya qo‘shimcha qildi Cherevatiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Baxmut yo‘nalishidagi pozisiyalari kuniga 157 marta, Baxmutning o‘zi esa 16 marta o‘qqa tutilgan.

Baxmutga qaysi rus bo‘linmalari hujum qilayotgani haqida so‘ralganda, Cherevatiy hujum guruhlarining aksariyati rus parashyutchilari tomonidan mustahkamlangan CHVK "Vagner" jangchilaridan iborat ekanligini ma’lum qildi.

@yuldashevuz
2.0K views15:38
Ochish/sharhlash
2023-03-11 17:56:00 Rossiya harbiylari Zaporojьye viloyatining muhim infratuzilmasiga hujum qildi — viloyat harbiy ma’muriyati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan muhim inshootga hujum S-300 raketalari yordamida amalga oshirilgan.

Zaporojьye shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtevning ta’kidlashicha, zarba berilgan ob’yekt viloyat markazi — Zaporojьye shahrida joylashgan. Zarba natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida faoliyat yuritmoqda.

Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

@yuldashevuz
1.9K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-03-11 17:14:20 Osiyo mamlakatlari nomi qayerdan olingan

1. Ozarbayjon – "Olov yig‘uvchi”
2. Armaniston – armanlar urug‘i asoschisi Armanik nomidan olingan.
3. Afg‘oniston – afg‘onlarning afsonaviy bobokaloni Afg‘on nomidan olingan.
4. Bangladesh – bengalcha Bengallar mamlakati
5. Bahrayn – arabcha dengiz
6. Bruney – arabcha Dunyo hukmdori
7. Butan – tibetcha Tibet atroflari
8. Vetnam – sharqiy vetlar mamlakati
9. Gruziya – Sakartvello (kartvellar - gruzinlar)
10. Indoneziya – orolli Hindiston
11. Iordaniya – Iordan daryosi nomidan olingan.
12. Iroq – arabcha qirg‘oq yoki quyi yer
13. Isroil – isroil xalqi nomidan olingan.
14. Kambodja – Kambu urug‘i asoschisi nomidan olingan.
15. Qatar – Qadimgi Qadaru qishlog‘i nomidan olingan.
16. Kipr – yunoncha kiparis so‘zidan olingan.
17. Qirg‘iziston – qirg‘iz xalqi nomidan olingan.
18. Qozog‘iston – qozoq xalqi nomidan olingan.
19. Koreya – X-XIV asrlarda qo‘llangan etnonim.
20. Quvayt – arabcha »
shahar, qal’a
21. Laos – laos xalqi nomidan olingan.
22. Livan – Livan tog‘i, ya’ni semit tilida oq degan ma’noni anglatadi.
23. Malayziya – malayya xalqi nomidan olingan.
24. Maldiv – sanskritcha «orol
25. Mo‘g‘uliston – mo‘g‘ul xalqi nomidan olingan.
26. Myanma – birmacha Oltin ibodatxonalar mamlakati
27. Nepal – sanskritcha tog‘ etagidagi manzilgoh
28. Pokiston – urducha pok mamlakat
29. Saudiya Arabistoni – saudlar sulolasi nomidan olingan.
30. Singapur – sanskrticha Sher shahar
31. Suriya – Ossuriya mamlakati nomidan olingan.
32. Tailand – tan xalqi nomidan olingan.
33. Tayvan – xitoycha ko‘rfaz yo‘li
34. Tojikiston – tojik xalqi nomidan olingan.
35. Turkiya – turk xalqi nomidan olingan.
36. Turkmaniston – turkman xalqi nomidan olingan.
37. O‘zbekiston – o‘zbek xalqi nomidan olingan.
38. Ummon – shahar asoschisi Ummon bin Ibrohim nomidan olingan.
39. Filippin – Ispaniya qiroli Filipp II nomiga qo‘yilgan.
40. Hindiston – Hind daryosi nomidan olingan.
41. Xitoy – mo‘g‘ullar qabilasi kidanlar nomidan olingan.
42. Shri-Lanka – sanskritcha shon-sharafli yer
43. Eron – oriylar qabilasi nomidan olingan. Oliyjanob
44. Yaman – arabcha o‘ngda, Makkadan o‘ngda
45. Yaponiya – qadimgi yapon tilidan tog‘ mamlakati odamlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi Quyoshning ildizi ma’nosini bildiradi.

Manba

Yuldashev.UZ | Rasmiy Kanal
2.4K views14:14
Ochish/sharhlash
2023-03-11 15:31:36 Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bosh vazir Denis Shmigalga Rossiyani ukrain tilida “Moskoviya” deb atash imkoniyatini “sinchliklab oʻrganib chiqish” vazifasini topshirdi. @yuldashevuz
1.4K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-03-11 15:31:18 Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bosh vazir Denis Shmigalga Rossiyani ukrain tilida “Moskoviya” deb atash imkoniyatini “sinchliklab oʻrganib chiqish” vazifasini topshirdi.

@yuldashevuz
1.4K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-03-11 11:00:28
Plastik kartalaringiz kodini va rasmini hech kimga bermang!

Plastik kartani rasmidan foydalanib ham ichidagi pulni yechib olayotgan firibgarlar mavjud. Sababi karta rasmida amal qilish muddati ko'rsatilgan bo'ladi bu esa qimmatli ma'lumot. Shu sababdan hech kimga plastik kartangiz rasmini yubormang!

P:s/
Karta raqamini jo'natganingizda sizdan amal qilish muddatini so'rashsa ularni bermang! Kartaning rasmini emas uni raqamini jo'natganigiz xavfsiz!

@yuldashevuz
2.1K views08:00
Ochish/sharhlash