Get Mystery Box with random crypto!

1919-yil Lenin va Stalinning oʻzbek millatini yoʻq qilish reja | Yuldashev.UZ

1919-yil Lenin va Stalinning oʻzbek millatini yoʻq qilish rejasi!

1919-yil Stalin va Lenin Kremlning 3-qavatida turib oʻzbek millatini batamom qaramlikda saqlash haqida bosh qotirishadi. Bu yurtdan koʻplab ilm egalari va buyuk sarkardalar yetishib chiqqani va ularni itoatda saqlash qiyin ekanini anglagan Sovetlar bu masalada akademik, sharqsunos Bartolddan maslahat soʻrashadi. Bartold ularga 5 ta moduldan iborat konsepsiya ishlab beradi, unga binoan:

1-bosqich: Dindan ayirish(shu sababli ham "din-afyundir" degan vaj tarqatilgan. Din millatni birlashtiruvchi kuch edi. Shu sababli ham diniy qadriyatlarni yoʻqotishga harakat qilingan)

2-bosqich: Tildan mahrum qilish(aholi orasida rus tili va madaniyati targʻib qilindi, bir necha marta oʻtkazilgan alifbo islohotlaridan koʻzlangan maqsad ham xalqni savodsiz qilish edi)

3-bosqich: Tarixini yoʻqotish(sovet hukumati tomonidan ongimizga ruslar bosqinidan avval qoloqligimizni, bizni ruslar rivojlantirgani singdirilgan, asl qahramonlarimiz esa bosqinchi deb oʻqitilgan yoki umuman ular haqida gapirilmagan, bundan maqsad vatanparvarlik va oʻzlik tushunchalarini butkul yoʻqotish edi)

4-bosqich: Toponomik islohot(yaʼni qadimiy joy nomlarini yevropacha nomga oʻzgartirish, (masalan Skobelev-Fargʻona) bundan maqsad esa, yillar oʻtib xalq oʻz yashab kelgan joy nomini unutishi va yevropacha nom bilan atashligi, umuman vatan tushunchasini yoʻqotish edi)

5-bosqich: Internatsional oila(Oʻzbek yigitlarini rus qizlarga uylantirish, oʻzbek qizlarini rus yigitlariga erga berish. Bu ishlardan koʻzlangan maqsad esa, rusiyzabon aholini koʻpaytirish edi. Shu zaylda davom ettirilsa yillar oʻtib yagona millat rus millati qolar edi.)

P/s:

Yuqoridagi besh modul barcha mustamlakalarga nisbatan qoʻllangan. Bundan maqsad xalqlarning dini, tili, tarixi, madaniyati unuttirilib, ularni ruslar bilan chatishtirish va oxirida yagona sovet(rus) millatini yaratish edi. Sovetlar butun boshli xalqlardan yagona rus millatini yaratishga bel bogʻlagan edilar.
Bular yordamida sovetlar abadiy hukmronlik qilish mumkinligini yaxshi bilganlar.

"Oʻzligini yoʻqotgan millat hech qachon bosh koʻtarmaydi.
"

Telegram | YouTube | Instagram