Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya harbiylari Zaporojьye viloyatining muhim infratuzilmas | Yuldashev.UZ

Rossiya harbiylari Zaporojьye viloyatining muhim infratuzilmasiga hujum qildi — viloyat harbiy ma’muriyati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan muhim inshootga hujum S-300 raketalari yordamida amalga oshirilgan.

Zaporojьye shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtevning ta’kidlashicha, zarba berilgan ob’yekt viloyat markazi — Zaporojьye shahrida joylashgan. Zarba natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyida faoliyat yuritmoqda.

Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

@yuldashevuz