Get Mystery Box with random crypto!

Yosh bankir

Telegram kanalining logotibi yosh_bankir — Yosh bankir Y
Telegram kanalining logotibi yosh_bankir — Yosh bankir
Kanal manzili: @yosh_bankir
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 101
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz - sizning iqtisodiy bilimingizni yanada oshirish!
Murojaat uchun - @Bank_murojaat_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-05 17:19:56 Истеъмол ва бизнес кайфиятни аниқлаш бўйича Марказий банкнинг 2023 йил I чорак учун сўровномасида фаол иштирок этинг ва совғаларни ютиб олинг

Истеъмол ва бизнес кайфияти бўйича ўз фикр ва мулоҳазаларингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим.

Сўровда қатнашганлар орасида ғолиблар “random” платформасида тасодифий танлаш орқали амалга оширилади.

Сўровнома 2023 йил 14 апрелгача давом этади.

Эслатма: сўровда иштирок этгандан сўнг, ботни ўчириб юборманг ва мутназам текшириб туринг. Ғолиб билан бот орқали боғланилади.

@confidence_index_2023Q1_bot
———

Примите активное участие в опросе Центрального банка по определению потребительских и бизнес настроений за I квартал 2023 года и получите возможность выиграть подарки

Поделитесь своим мнением и суждениями по изучению потребительских и бизнес настроений в экономике. Ваше мнение важно для нас.

Победители среди участников опроса будут определены случайным образом через платформу “random”.

Опрос будет проводиться до 14 апреля 2023 года.

Напоминание: после участия в опросе не удаляйте бот и проверяйте на регулярной основе. Через него мы свяжемся с победителем.

@confidence_index_2023Q1_bot

#сўровнома #опрос

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
110 views14:19
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:20:51
Kichik banklar reytingida “Davr bank”, “Universal bank” va “Ziraat bank” yetakchi oʻrinlarni saqlab qolgan boʻlsa, “Tibisi bank” 2 pogʻonaga koʻtarilib 4-oʻrinni egallagan.

“Tibisi bank” kapital yetarliligi boʻyicha koʻrsatkichi sezilarli pasaygan boʻlsada, daromad olish salohiyati hamda boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlarining yaxshilanishi reytingdagi oʻrni koʻtarilishiga sabab boʻldi.

“Tenge bank”, “Anor bank”, “Poytaxt bank” va “Oʻzagroeksport bank” 1 pogʻonaga pasaydi. Shu bilan bir vaqtda, “Madad invest bank” va “Garant bank” 1 pogʻonadan koʻtarildi.

“Ravnaq bank» va “OʻzKDB” bank oʻtgan davrga nisbatan oʻz mavqelarini saqlab qoldi.

@yosh_bankir
118 views10:20
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:18:37
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2023-yil birinchi chorak uchun “Banklar faollik indeksi” hisoblandi va ushbu indeksga asosan banklarning reytingi yangilandi.

Mazkur indeks mamlakatdagi 29 ta banklar uchun, banklarning hajmiga qarab katta (17 ta) va kichik (12 ta) banklarga guruhlangan holda hisoblangan.

Yirik banklar reytingida “Kapitalbank” yetakchilikni saqlab qolgan boʻlsa, “Aziya Alyans” bank 1 pogʻonaga koʻtarilib, reytingning 3 pogʻonasiga tushgan “Hamkor bank” bilan oʻrin almashdi.

“Trast bank” ketma-ket uchinchi chorak uchun reytingda oʻz mavqeini yoʻqotmoqda. Ushbu bank yana 1 pogʻonaga pastladi va 5-oʻrinni egallab, “Ipak yoʻli bank”ka oʻz oʻrnini boʻshatib berdi.

Shu bilan birga, “Ipoteka bank” va “Milliy bank” 2 pogʻonaga, “Xalq bank”, “Oriyent Finans bank” va “Asaka Bank” 1 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa, “Invest Finans bank” va “Agrobank” bir yoʻla 3 pogʻonaga, “Turon Bank” 1 pogʻonaga pastlagan, qolgan banklar oʻz oʻrinlarini saqlab qolishgan.

@yosh_bankir
127 views10:18
Ochish/sharhlash
2023-04-04 14:30:46
Dollar qatorasiga uchinchi kun tushdi

5 aprel kuni amal qiladigan dollarning rasmiy kursi 11381,2 soʻmdan (-14,53 soʻm) hisoblanadi.

@yosh_bankir
152 viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:49:32 Agar sizning nomingizda ipoteka krediti mavjud bo'lsa, kredit olgan bankingizga murojaat qilib (albatta pasport bilan), bir yillik to'lov ma'lumotlarini olishingiz va o'z hududingizdagi soliq organlariga taqdim etishingiz kerak bo'ladi.

Bu orqali siz ipoteka kreditingizga to'langan mablag'lardan 12% miqdorda keshbek olishingiz mumkin.

@yosh_bankir
147 views09:49
Ochish/sharhlash
2023-04-04 12:39:28
#bilasizmi

Yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million soʻmdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan boʻlsa olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami 15 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi (Soliq kodeksi, 378-modda).

Kredit ish haqi hisobidan qoplanganda, yoʻnaltirilgan ish haqidan daromad soligʻi ushlanmaydi.


Agar kreditni naqd pulda toʻlasangiz, unda yil yakunlangandan keyin doimiy yashash joyidagi soliq organiga deklaratsiya topshirgan holda daromad soligʻini qaytarib olishingiz mumkin.

@yosh_bankir
139 views09:39
Ochish/sharhlash
2023-04-04 11:51:12
100%

@yosh_bankir
106 views08:51
Ochish/sharhlash
2023-04-04 03:02:07 Dollar qulashi haqidagi gaplar qanchalik asosli?

Soʻnggi paytlarda dollarning qulashi va uning eng yirik valyuta maqomini yoʻqotishi haqida mish-mishlar koʻpaydi. Xoʻsh, bunga asos bormi?

Dollar dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega AQSH tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini oshirishda davom etishi haqidagi shubhalar fonida dollar ham qadrsizlanyapti. Boshqa tomondan, AQSHda retsessiya yuz berishi xavfi ham saqlanib turibdi.

Ha, dollar uzoq davom etadigan zaiflashuvni boshdan kechirishi mumkin. Biroq bu uning global zaxira valyutasi sifatidagi tengsiz mavqeyiga taʼsir qilmaydi.

Xalqaro valyuta zaxiralarining 58,3 foizi AQSH dollari hisobiga toʻgʻri keladi. Ikkinchi oʻrindagi yevroda bu koʻrsatkich 20,4 foiz. Farq judayam katta, bundan dollar qulashi haqidagi xavotirlar asosga ega emasligi koʻrinadi.

Kriptovalyuta dollarning oʻrnini egallaydimi?

Pandemiyadan soʻng kriptovalyutalar dollarning oʻrnini egallashi haqidagi gap-soʻzlar koʻpaydi. Bitcoin shu darajada tez oʻsa boshladiki, unga kelalak valyutasi sifatida qarala boshlandi.

Biroq 69 ming dollarlik choʻqqini zabt etgan bitcoin 16 ming dollargacha keskin qadrsizlandi. Investorlarning bitcoinga boʻlgan qiziqishi pasaydi. Bu esa hali kriptovalyutalarga anʼanaviy pullar oʻrnini bosishi uchun ancha vaqt kerakligini koʻrsatdi.

Dollar va soʻm

Dollarning global valyutalar savatiga (beshta valyutani oʻz ichiga oladi) nisbatan qiymati pandemiyadan keyin barqaror oʻsdi. Ammo 2022-yilning toʻrtinchi choragidan boshlab pasaya boshladi (surʼatga qarang).

Biroq bu davrda dollarning soʻmga nisbatan qiymati oʻsa boshladi va hattoki 11 oylik maksimumga ham yetdi. Dollar qadrsizlandi, ammo soʻm undan ham koʻproq.

Demak, Oʻzbekistonda dollar pasayishi soʻmning qiymatiga ham bogʻliq.

bankir

@yosh_bankir
102 viewsedited  00:02
Ochish/sharhlash
2023-04-04 03:01:31
87 views00:01
Ochish/sharhlash
2023-04-03 03:11:00
#foydali #bilasizmi

Humans mobil ilovasida istalgan turdagi bank kartalariga pul o'tkazmalari foizsiz va hech qanday limitlarsiz!

Va e'tiborlisi shundaki, buning uchun sizda Humans sim-kartasi bo'lishi shart ham emas, istalgan turdagi mobil aloqa operatori yoki elektron pochta orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin!

@yosh_bankir
126 viewsedited  00:11
Ochish/sharhlash