Get Mystery Box with random crypto!

Dollar qulashi haqidagi gaplar qanchalik asosli? Soʻnggi payt | Yosh bankir

Dollar qulashi haqidagi gaplar qanchalik asosli?

Soʻnggi paytlarda dollarning qulashi va uning eng yirik valyuta maqomini yoʻqotishi haqida mish-mishlar koʻpaydi. Xoʻsh, bunga asos bormi?

Dollar dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega AQSH tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini oshirishda davom etishi haqidagi shubhalar fonida dollar ham qadrsizlanyapti. Boshqa tomondan, AQSHda retsessiya yuz berishi xavfi ham saqlanib turibdi.

Ha, dollar uzoq davom etadigan zaiflashuvni boshdan kechirishi mumkin. Biroq bu uning global zaxira valyutasi sifatidagi tengsiz mavqeyiga taʼsir qilmaydi.

Xalqaro valyuta zaxiralarining 58,3 foizi AQSH dollari hisobiga toʻgʻri keladi. Ikkinchi oʻrindagi yevroda bu koʻrsatkich 20,4 foiz. Farq judayam katta, bundan dollar qulashi haqidagi xavotirlar asosga ega emasligi koʻrinadi.

Kriptovalyuta dollarning oʻrnini egallaydimi?

Pandemiyadan soʻng kriptovalyutalar dollarning oʻrnini egallashi haqidagi gap-soʻzlar koʻpaydi. Bitcoin shu darajada tez oʻsa boshladiki, unga kelalak valyutasi sifatida qarala boshlandi.

Biroq 69 ming dollarlik choʻqqini zabt etgan bitcoin 16 ming dollargacha keskin qadrsizlandi. Investorlarning bitcoinga boʻlgan qiziqishi pasaydi. Bu esa hali kriptovalyutalarga anʼanaviy pullar oʻrnini bosishi uchun ancha vaqt kerakligini koʻrsatdi.

Dollar va soʻm

Dollarning global valyutalar savatiga (beshta valyutani oʻz ichiga oladi) nisbatan qiymati pandemiyadan keyin barqaror oʻsdi. Ammo 2022-yilning toʻrtinchi choragidan boshlab pasaya boshladi (surʼatga qarang).

Biroq bu davrda dollarning soʻmga nisbatan qiymati oʻsa boshladi va hattoki 11 oylik maksimumga ham yetdi. Dollar qadrsizlandi, ammo soʻm undan ham koʻproq.

Demak, Oʻzbekistonda dollar pasayishi soʻmning qiymatiga ham bogʻliq.

bankir

@yosh_bankir