Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2023-yil | Yosh bankir

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2023-yil birinchi chorak uchun “Banklar faollik indeksi” hisoblandi va ushbu indeksga asosan banklarning reytingi yangilandi.

Mazkur indeks mamlakatdagi 29 ta banklar uchun, banklarning hajmiga qarab katta (17 ta) va kichik (12 ta) banklarga guruhlangan holda hisoblangan.

Yirik banklar reytingida “Kapitalbank” yetakchilikni saqlab qolgan boʻlsa, “Aziya Alyans” bank 1 pogʻonaga koʻtarilib, reytingning 3 pogʻonasiga tushgan “Hamkor bank” bilan oʻrin almashdi.

“Trast bank” ketma-ket uchinchi chorak uchun reytingda oʻz mavqeini yoʻqotmoqda. Ushbu bank yana 1 pogʻonaga pastladi va 5-oʻrinni egallab, “Ipak yoʻli bank”ka oʻz oʻrnini boʻshatib berdi.

Shu bilan birga, “Ipoteka bank” va “Milliy bank” 2 pogʻonaga, “Xalq bank”, “Oriyent Finans bank” va “Asaka Bank” 1 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa, “Invest Finans bank” va “Agrobank” bir yoʻla 3 pogʻonaga, “Turon Bank” 1 pogʻonaga pastlagan, qolgan banklar oʻz oʻrinlarini saqlab qolishgan.

@yosh_bankir