Get Mystery Box with random crypto!

#bilasizmi Yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli u | Yosh bankir

#bilasizmi

Yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million soʻmdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan boʻlsa olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami 15 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi (Soliq kodeksi, 378-modda).

Kredit ish haqi hisobidan qoplanganda, yoʻnaltirilgan ish haqidan daromad soligʻi ushlanmaydi.


Agar kreditni naqd pulda toʻlasangiz, unda yil yakunlangandan keyin doimiy yashash joyidagi soliq organiga deklaratsiya topshirgan holda daromad soligʻini qaytarib olishingiz mumkin.

@yosh_bankir