Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Meli | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Melih Aldulhayo‘g‘lu

Turkiyalik mashhur tadbirkor Melih Abdulhayo‘g‘lu birinchi pulini 1989-yilda 5 ming funt sterling miqdoridagi patent yutib olgan paytida ishlab topgan. Patent olishiga sababchi bo‘lgan ixtirosi — bir vaqtning o‘zida bir nechta tillarga tarjima qilishga qodir klaviatura tezda ommalshib ketgan.

Tadbirkor 1998-yilda Buyuk Britaniyada veb-saytlar uchun SSL sertifikatlari kabi raqamli xavfsizlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Comodo” kompaniyasiga asos solgan. 2004-yilda esa o‘z biznesini Nyu-Jersiga ko‘chirgan.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Abdulhayo‘g‘lu boshqa bir kompaniya — aqlli uylarni avtomatlashtirish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi “eZLO” kompaniyasini tashkil etgan. 2011-yilda “Info Security products guide” jurnali uni “Yilning eng yaxshi tadbirkori” deb topgan.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation