Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! S | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Qadrli vatandoshlar! Yurtimiz mehmonlari hamda aziz yoshlar! Sizlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda o‘z nomimdan musulmon olamining eng aziz bayrami — Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etaman!

Mehnatsevar, bunyodkor xalqimizga mustahkam sogʻliq, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlariga fayz-baraka, ezgu ishlarida omad tilab qolman.

Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!

Yaratganning neʼmatlari ziyoda boʻlayotgan ushbu ayyomda mamlakatimiz fuqarolarini va mehmonlarini yana bir bor qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor boʻlsin, deb qolaman.

Hurmat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Kanalga ulaning:
t.me/XayrullaSattarov
t.me/ykfoundation