Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.05K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 153

2022-06-07 10:31:06
#QimmatgaTushganXatolar #Maslahat

“Biznes marafon” loyihasi spikeri, Growth Academy o‘quv markazi asoschisi, tadbirkor, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trener Shohida Ibragimovadan fikrlar

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.3K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-06-07 06:01:45
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan qozog‘istonlik tadbirkor Nagima Kaydarova

Nagima talabalik paytida o‘z liboslar brendini yaratgan, fikrlarini moda sanoati orqali aytmoqchi bo‘lgan. Brend hozirda 7 yoshda bo‘lib, har yili kuchayib bormoqda.

“Qozoq millatini zamonaviylashtirish hamda madaniyatimizga e'tibor qaratishda davom etaman. Shunday narsalar borki, ular o'z ahamiyatini yo'qotadi va vaqt o‘tishi bilan ular haqida unutishingiz mumkin. Ammo bir umrga saqlanib qolinishi zarur bo‘lgan qadriyatlar mavjud. Poytaxtimizga yurtimizning turli burchaklaridan kelgan insonlar tufayli har bir viloyatni his qilaman. Shu yo‘sinda brendimning asosiy yo‘nalishi yuzaga kelgan”, — deydi Nagima.

Hozirda tadbirkor “Kaidarova. Made in Kazahstan with love” brendining asoschisi hamda rahbari hisoblanadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.6K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-06-07 05:30:00
Hayotiy iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
163 views02:30
Ochish/sharhlash
2022-06-07 05:15:06 Assalomu alaykum!
Bugun 7-iyun, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 158-kuni.
Yil yakuniga 207 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni
Ispaniya Respublika kuni
Argentinada jurnalistilar kuni
Qirg‘izistonda moliyachi va iqtisodchilar kuni
Norvegiyada Mustaqillik kuni

VOQEALAR:

1498-yil — Kristofer Kolumb uchinchi safariga chiqdi.
1776-yil — Amerikadagi barcha ingliz mustamlakalari, Nyu-Yorkdan tashqari, mustaqillik uchun ovoz berdi.
1919-yil — Nyu-Yorkda birinchi marta haydovchilik guvohnomalari olish uchun yozma testlar o‘tkazildi.
1946-yil — BBC Buyuk Britaniyada muntazam televizion ko‘rsatuvlar namoyishini qayta boshladi.
1960-yil — Saudiya Arabistonida ayollarga ta’lim olishga ruxsat berildi.
1965-yil — “Sony” korporatsiyasi birinchi videomagnitafonni taqdim etdi.

TAVALLUDLAR:

1877-yil — Charlz Barkli — ingliz fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1879-yil — Knud Rasmussen — daniyalik etnograf, Grenlandiya va Arktika Amerikasini o‘rgangan olim.
1896-yil — Robert Malliken — amerikalik kimyogar, professor, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1952-yil — Orxan Pamuk — turk yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1970-yil — Kafu — braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni.
1970-yil — Mayk Modano — amerikalik xokkeychi, Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
330 views02:15
Ochish/sharhlash
2022-06-07 05:01:20
Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
359 views02:01
Ochish/sharhlash
2022-06-06 13:07:24 O‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlar uchun foydali kitoblarni taqdim etishda davom etamiz!

“Imkonni boy bermang”. Deyl Brekenrij Karnegi — amerikalik pedagog, yozuvchi. Oʻsha davr ruhshunoslarining ilmiy ishlanmalarini tarjima qilib, amaliy tatbiq etish bilan bir qatorda, muloqotga kirishish nazariyasini yaratishga asos solgan. U janjallashmay va yaxshi muomala qilishning oʻz yoʻriqnomasini ishlab chiqqan. U samarali muloqot, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish boʻyicha psixologik qoʻllanmalarni yaratgan.

Deyl Karnegining asosiy tamoyili — yomon odam boʻlmaydi, degan aqidaga tayanadi. Mavjud noxush holatlar bilan kurashish, qimmatli hayotni mayda-chuyda gaplar bilan arzon bahoga “sotmaslik” gʻoyasi muallif hayotida yoʻlchi yulduz boʻlib qolgan. Karnegining shu ruhdagi bir qator asarlari dunyo jamoatchiligi tomonidan hamon sevib oʻqilmoqda. Yuqorida uning asarlaridan birini mutolaa qilishingiz mumkin.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.1K views10:07
Ochish/sharhlash
2022-06-06 10:40:31
#QimmatgaTushganXatolar #Maslahat

Biznes marafon” loyihasi spikeri, “YSK”, “Yaskanamu” va “Alvon” brendlari asoschisi Sherzod Beknazarovdan biznesni rivojlanishida kompaniyaning o‘rni haqida fikrlar

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.5K viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-06-06 06:00:39
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan qozog‘istonlik tadbirkor Smayil Makishov

Bo‘lajak tadbirkor matematiklar oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan raqamlar va dasturlashni yaxshi ko‘rgan Smayil o‘zining birinchi veb-saytini 9 yoshida yaratgan. 10 yoshga to‘lganda ota-onasi uni Angliyaga, keyin esa AQShga o‘qishga yuborgan.

U bitiruvchilari orasida Mark Sukerberg ham bo‘lgan “Phillips Exeter Academy” akademiyasini tamomlagan birinchi qozog‘istonlikka aylangan.

2020-yilda Uoll-Stritda joylashgan “Cedar Street Capital” venchur firmasiga ishga joylashgan. Hozirda u firmasida bahosi taxminan 100 million dollardan ortiq bo‘lgan bitimlar tuzadi, investorlar va startaplar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.5K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-06-06 05:30:00
Hayotiy iqtibos

Shu postni koʻrish kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
1.8K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-06-06 05:15:24 Assalomu alaykum!
Bugun 6-iyun, Dushanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 157-kuni.
Yil yakuniga 208 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon zararkunandalarga qarshi kurash kuni
Vengriyada o‘qituvchilar kuni
Ukrainada jurnalistlar kuni
Litvada otalar kuni
Tayvanda muhandislar kuni

VOQEALAR:

1664-yil — Yangi Amsterdam Nyu-York deb o‘zgartirildi.
1942-yil — sintetik matodan tikilgan birinchi parashyutdan sakraldi.
1761-yil — M.V.Lomonosov Veneraning quyosh diskidan o‘tishini kuzatib, unda atmosfera mavjudligini aniqladi.
1933-yil — Nyu-Jersi shtatidagi Kamden shahrida birinchi kinoteatr ochildi, bu avtomobil ixlosmandlariga mashinalardan chiqmasdan kino tomosha qilishga imkon berdi.
1989-yil — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining sotsiologik fakulteti tashkil etildi.
1922-yil — Rossiyada “Krestyanka” adabiy va badiiy jurnalining birinchi soni nashr etildi.

TAVALLUDLAR:

1850-yil — Ferdinand Braun — nemis fizigi, kineskop ixtirochisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1868-yil — Robert Folkon Skott — ingliz qutb tadqiqotchisi, Janubiy qutbni kashf etganlardan biri.
1875-yil — Tomas Mann — nemis yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1889-yil — Igor Sikorskiy — rus-amerikalik samolyotlari konstruktori, olim, ixtirochi, faylasuf.
1917-yil — Kirk Kerkoryan — kelib chiqishi arman bo‘lgan amerikalik tadbirkor, milliarder.
1948-yil — Vladimir Shadrin — sobiq ittifoq xokkeychisi, 2 karra Olimpiya, 5 karra jahon chempioni.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation
133 views02:15
Ochish/sharhlash