Get Mystery Box with random crypto!

#mood Keyingi besh yillikda bir 'shirin' kitob yozaman. Ertal | Yevropa sarguzashtlari

#mood

Keyingi besh yillikda bir "shirin" kitob yozaman. Ertalab mo'jaz qahvaxonada qahva va kruassan bilan o'qishli kitob

Orzular qanday ushalishi haqida bo'ladi u. Yana qizchani har qanday orzulari ushalishiga ishontirgan bir fidokor ayol matonati haqida ham. Ozgina muhabbat va monstrchaning dahshatlari ham bo'ladi ichida.

Bir zamonlar uzoq qishloqqa ko'chib borib, moychiroq yorug'ida "Shahar va qishloq sichqonlari" haqidagi hikoyani ingliz tilida qanday yozilgan bo'lsa, shundayligicha o'qib, o'zini ingliz tilini bilib qolgandek his qilgan qizchaning Yevropa sarguzashtlari ham bo'ladi unda.

Juda "mazali" kitob bo'ladi..