Get Mystery Box with random crypto!

#baby_language Bilingualism, ya'ni bolalikdan ikki tilni bir | Yevropa sarguzashtlari

#baby_language

Bilingualism, ya'ni bolalikdan ikki tilni birdek o'zlashtirish haqida qiziq video uchradi. Kichkinalikdan ko'p tillarni o'rganish mavzusida turli video va maqolalarni o'qib turaman. Hammasida ko'p tillilik bolaning miyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aytiladi.

Bu videoda bolalar turli tillarda gapirayotganini boshidanoq farqlay oladi, deydi. Unda nega tillarni aralashtirib gapirishlari qiziq. Videodagi tadqiqotchi jiyani u bilan ingliz va ispan tillarini aralashtirib gapirishini, lekin ispan tilini bilmaydigan odamga bunday aralash-quralash gapirmasligini aytibdi.

Komil ham hozir ingliz va o'zbek tilini aralashtirishni boshlagan. O'zbekcha fellarga -ing qo'shib ham gapiradi

- I'm soling the toys into the box (O'yinchoqlarni qutiga solyapman).
- I'm buzing the minoya (Minorani buzyapman).

Menimcha, ikkalamiz ham har ikkala tilni tushunishimizni bilgani uchun ham aralash gapiradi. Chunki bog'chada nemischa gaplashsa ham uyda nemischa so'zlarni ishlatmay qo'ydi. Bizni umuman nemischa gapirganimizni ko'rmagani uchun baribir tushunmaydi, deb o'ylasa kerak.