Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi yevropa_sarguzashtlari — . Y
Telegram kanalining logotibi yevropa_sarguzashtlari — .
Kanal manzili: @yevropa_sarguzashtlari
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Sayohat
Yevropadagi o'zbek talaba hayoti:
2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management
2021-2023: MA Economics in Vienna
Data analyst
Muallif bilan bog'lanish: @YS_muloqot_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-08 20:00:21
- Oyijonga sushi/roll dostavka qildiramizmi? Express ilovasi bor menda.
- Yeyolarmikan? Yeydigan narsasini buyurtirgan yaxshimasmi?
- Yangi narsa tatib ko'rsa nima qilibdi? Yoqmasa, keyingi gal yoqmasligini biladi.
- Bo'pti, buyur.

Bu suhbatdan er-xotin qanchalar o'xshashligimizni bilsa bo'ladi Men ham oldinlari va hali ham faqat va faqat foydali sovg'a izlayman. Kimga bo'lsa ham. Yangi tajriba va xotiralar sovg'a qilish yaxshiroqligini endi-endi qabul qilyapman. Oshxonaga blender bergandan ko'ra yeb yoki qilib ko'radigan yangi narsa o'ylab ko'rgan zavqliroq ekan.

Suratda esa o'zimga o'zim dostavka qilgan qulupnay. Biz Ispaniyadan ketsak ham mevalari kelib turadi orqamizdan shunaqa. Yevropa tijorat tizimiga ko'z tegmasin
881 views17:00
Ochish/sharhlash
2023-03-08 11:42:20 #mindset

Men o'zimni sevaman, menga o'zim yoqadi

Bir yarim yilcha oldin Ispaniyadan post yozgandim: 9-10 oylik monstrcha o'yinchoqlarini noto'g'ri tersa ham o'ziga-o'zi qarsak chalishi haqida.

Kattaroq bo'lsa, bu odatini tashlasa kerak deb o'ylardim. Heh

- Bvavo daddy, you did a good job! - mitti qo'lchalar bloklardan nimadir yasab bergan dadasiga qarsak chaladi.

- Good job, mommy! You found it. You did it, bvavo! - yo'qotgan o'yinchog'ini topib bersam maqtov eshitaman.

O'zini esa kichkinagina muvaffaqiyati uchun ham olqishlaydi:

- Bvavo baby. Bvaaavo Komil! You did it! - shunchaki bitta blokni boshqasining ustiga qo'ygani uchun ham o'ziga qarata aytilishi mumkin bu xitob.

Lekin o'zini o'zi maqtashi kamlik qiladi. Bizga qaraydi. Indamasak, ko'rmisizlar degandek aniqlashtiradi:

- I did it. I did it, mommy?! - endi ham maqtamasam, nafaqat ko'r, balki tentaklikda ham shubhaga olinishim mumkin

Sizlarning ham o'zingizga ishonchingiz, mehringiz shu qadar baland bo'lsin. Jamiyatimizda rozi qilinishi shart, ammo rozi bo'lishi qiyin bo'lganlar ko'pligini hisobga olsak, o'zbek ayollariga osonmas. Ertadan kechgacha sochini supurgi qilib, tinim bilmasa ham birov maqtay demaydi.

Shuning uchun o'zingizni o'zingiz maqtang, yaxshi ko'ring, sovg'alar olib bering o'zingizga. Boshqalar qadringizga yetishini kutsangiz, umringiz tugab qolishi mumkin.

Mazali ovqat qildingizmi? "Biram qo'lim shirin-ey!" deng. O'qishda yoki ishda biror o'zgarishga erishdingizmi? "Biram aqlliman!" deb o'zingizni mukofotlang. Chunki biz eng yaxshisiga loyiqmiz. Bayramingiz bilan, ayollar
971 viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2023-03-07 12:07:57 Komil chindan yoqtirganidan shunaqa deydi: Mommy zombi, Daddy monster, Baby ghost...

Hali laqab qo'yishni va so'kinishni bilmaydi umuman. Eng qattiq so'kinadigan so'zi "shumtaka/naughty".

- Ax shumtaka daddy, nimaga bunday qilding?
- Xah shumtaka mommy, did you hide it?

Chunki uyda umuman so'kinmaymiz. Haqorat ham qilmaymiz bir-birimizni. Boshqalarni yomonlab muhokama ham qilmaskanmiz. Shunga bilmaydi. Turli hayvonlar va monstrlar rolini o'ynagani uchun men uni urishganimda ham erkalatyapti deb o'ylaydi.

- Ax cho'chqacha, nimaga to'kding?
- Oink-oink, xurr-xurrr, I'm a piggy-wiggy
- qiqirlab qochadi.

Yosh bolalarga so'kinishni o'rgatib, bundan zavqlanib o'tiradiganlarni uncha tushunmayman. Bolaning jinsiy a'zosiga ishora qilib, "ox-ox ber" deydiganlarni-ku umuman. Miyamda qisqa tutashish yuz beradi shunday holatda.

P.S. Juda urishmaskan deb o'ylamanglar, bola uxlaganida pichirlashib urishamiz faqat
914 viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-03-06 23:43:05
#baby_language

Uyimiz egasining ismi Markus. O'tgan hafta ijara haqini olgani kelgandi. Komil uni ko'rishi bilan:

- Monster Maykus, monster Makus keldi!

Markus xijolatda.

- Iya, nima? Nima deysan bolakay?
- Yo'q-yo'q, noto'g'ri tushunmang. Har xil monsterlar, vampirlar bor multfilmlarni yoqtiradi. Shunga hammaga shunaqa deydi. Yaxshi ko'rganidan..
- Haa, shunaqami? Mayli, mayli.

Ketishida Markus ham monstrcha tilida gapirgisi kelib:

- Monster Markus ketyapti, baby. Bye-bye!

- No, zombi Markus! Zombi Markus ketdi, daddy.

Mashinasiga yetib olgunicha kim-nimalarni o'yladi ekan bechora. "Bu yaramaslar meni har balo deb yomonlashadi, shekilli. Bolasi yuzimga monstr-u zombiligimni aytib qo'ydi."

Shunaqa paytda faqat o'zbekcha gapirgani yaxshi edi bu monstrchani, deyman.
929 views20:43
Ochish/sharhlash
2023-03-06 01:05:59
#study

Universitetda yangi va murakkablik darajasi yuqori fanlar olganim uchun Data Analytics kursim to'xtab qolgandi. Kechadan yana boshladim. Google Data Studio da onlayn savdo platformasining faoliyati tahlil qilingan dashboard yasashim kerak.

Bugun kun bo'yi uzilishlar bilan ancha narsa qilib qo'ydim. Suratda hisobotning birinchi sahifasi Mazza qildim rosa. Yana 3-4 ta sahifa yasashim kerak. Shuncha yil tentirab, vaqtimni ketkazmasdan boshidanoq Data Analytics sohasini ushlashim kerak bo'lgan ekan. Modellar qurib, tahlil qilish ham, natijalarni vizualizatsiya qilish ham, raqamlarni sharhlab berish ham juda yoqarkan menga.

Ot qadrini qaydan bilsin ot minmagan erkaklar, deydi-ku qo'shiqda. Yoqtirgan mashg'uloting bilan shug'ullanish zavqini qayerdan ham bilardi boshi uy ishlaridan chiqmagan xotinlar

P.S. Oxirgi gap o'zi va momolari tinimsiz mehnat va dalada ham tug'ib ketaverishdan o'lmagani uchun boshqalarni ham shunga undovchi xotinlar haqida faqat.
940 viewsedited  22:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 12:05:58
#mindset

Shunaqa bo'lmanglar. Hech kimdan homiladormisan deb so'rashga haqqi yo'q odamni. Ayniqsa, shunchaki restoranga borgani uchun. Ikkita narsa:

1. Ovqat qilish yoqmasa, restoranga boramiz yoki ovqat buyurtiramiz. Yoki biror taomni yegimiz kelsa ham restoranga boramiz. Shunchaki, uydan tashqari muhitda uchrashuvga chiqish uchun ham restoranga boramiz. Ha, er-xotin ham uchrashuvga chiqishi mumkin. Faqat ro'zg'orga botib, bola haqida gaplashishi shartmas.

2. Birovdan homiladormisan, keyingisi qachon, nimaga tug'mayapsan deb so'rash o'ta farosatsizlik va birovga psixologik hujum qilishdir. Buning sabablari ko'p:
a) so'ragan odaming homiladorligida seni tanang qiynalib, sen semirib, sen azoblanib tug'maysan.
b) kechasi bilan ota-onasini o'rniga chaqaloqqa qarab chiqmaysan.
c) homiladorlik va bola xarajatlarini to'lab bermaysan.

Gulchapchap Sharapat gapirgani uchun ham ketma-ket tug'avergani uchun 40 dan oshganda sog'ligidan shikoyat qilmaydigan o'zbek ayoli yo'q. Ham jismonan, ham asabi tamom bo'ladi.
951 views09:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 20:05:26
#Austria

Venaga kelganda shu restoranga yo'llaring tushsa, faqat osh va chalop buyuringlar. Shashlik bo'lmaskan. Marinovka qilinmagan, yarim xom pishgan go'sht ekan.

Somsasi ham tak sebe. Mening somsam undan "arginal"roq chiqadi. Lekin restoran dizayni, ichidagi muhit yaxshi. Choy ichib, dars qilsa bo'ladi. Shovqinmas. Ovqat hidi anqimaydi.
933 views17:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 18:23:41
Kecha uchrashuvimiz o'xshamagani kamdek, bugun monstrcha bilan restoranga kelsak, narxlar saytidagi menyudan ancha qimmatroq ekan

3 dona qatlama somsacha 160 ming so'm
933 views15:23
Ochish/sharhlash