Get Mystery Box with random crypto!

Komil chindan yoqtirganidan shunaqa deydi: Mommy zombi, Daddy | .

Komil chindan yoqtirganidan shunaqa deydi: Mommy zombi, Daddy monster, Baby ghost...

Hali laqab qo'yishni va so'kinishni bilmaydi umuman. Eng qattiq so'kinadigan so'zi "shumtaka/naughty".

- Ax shumtaka daddy, nimaga bunday qilding?
- Xah shumtaka mommy, did you hide it?

Chunki uyda umuman so'kinmaymiz. Haqorat ham qilmaymiz bir-birimizni. Boshqalarni yomonlab muhokama ham qilmaskanmiz. Shunga bilmaydi. Turli hayvonlar va monstrlar rolini o'ynagani uchun men uni urishganimda ham erkalatyapti deb o'ylaydi.

- Ax cho'chqacha, nimaga to'kding?
- Oink-oink, xurr-xurrr, I'm a piggy-wiggy
- qiqirlab qochadi.

Yosh bolalarga so'kinishni o'rgatib, bundan zavqlanib o'tiradiganlarni uncha tushunmayman. Bolaning jinsiy a'zosiga ishora qilib, "ox-ox ber" deydiganlarni-ku umuman. Miyamda qisqa tutashish yuz beradi shunday holatda.

P.S. Juda urishmaskan deb o'ylamanglar, bola uxlaganida pichirlashib urishamiz faqat