Get Mystery Box with random crypto!

YANGI TESTLAR BAZASI

Telegram kanalining logotibi yangi_testlar_bazasi — YANGI TESTLAR BAZASI Y
Telegram kanalining logotibi yangi_testlar_bazasi — YANGI TESTLAR BAZASI
Kanal manzili: @yangi_testlar_bazasi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 238

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-04-26 15:03:42
Uychi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda o'quvchilar shoir she'rlaridan namunalar o'qidilar.Yuqori sinf o'quvchilari tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirga yanada ko'tarinkilik olib kirdi.8-"V"sinf o'quvchisi Rahimjonova Muhlisa o'zi yozgan she'rlaridan o'qib berdi.Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
61 views12:03
Ochish/sharhlash
2023-04-26 15:01:14 Nodar Dumbadze test.
55 views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:56:23 DTM namunasidagi test 22-aprel uchun @ONA_TILI_ADABIYOT_AFROSIYOB va @QUIZ_TEST_AFROSIYOB kanalllari uchun maxsus
𝐁𝐢𝐳 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 🅞🅝🅐 🅣🅘🅛🅘🅝🅘 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥 𝐨‘𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠! 𝐑𝐞𝐩𝐞𝐭𝐢𝐭𝐨𝐫: @𝓩𝓲𝔂𝓸𝓭𝓾𝓵𝓵𝓸_𝓟𝓸𝓵𝓿𝓸𝓷𝓸𝓿 testi
30 ta savol · 45 soniya
51 views07:56
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:41:59 Fan: 8-sinf Adabiyot
Mavzu: Robindranat Thokur hayoti va ijodi
Muallif:Buxoro viloyati Buxoro tumani 51-maktab Ona tili va Adabiyot fani o'qituvchisi Tursunova Nigora

@LIDERTILCHILAR
47 views07:41
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:37:23
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga baģishlab ,,Yurakda qolur asl shoirlar ''tadbiridan lavhalar
47 views07:37
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:04:22 Kanalimizga a'zo bo‘ling!
 @ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
138 views07:04
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:04:25 ADABIY SAN‘AT TURLARI

FARD-
arabcha «yakka yolgʻiz» degan ma'noni bildiradi .Fardning koʻpligini mufradot «fardlar»deyishadi
Fardning qofiyalanishi:
a-a yoki b-b
Misol:
Bu gulshan ichra yoʻqdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshlik bilan chiqsa ot.„ A Navoiy”

Qit'a
arabcha soʻz boʻlib «kesik, qism, boʻlak»degan ma'nolarni bildiradi.Uni mat'lasi yoʻq gʻazalga oʻxshatish mumkin.
Qit'aning qofiyalanishi:
b - a, d - a.
Misol:
Soʻzchi holin boqma, boq soʻz holini,
Koʻrma kim der oni, koʻrgil kim ne der.

Mustazod
arabcha «orttirilgan»degan ma'noni bildiradi gʻazal kabi qofiyalanadi
Mustazodning qofiyalanishi:
a-a, b-a, d-a,......
Misol:
Mashrabning «Bul xasta vujudimni meni oʻrtadi butkul »
deb boshlanuvchi mustazodi

@Adabiyot_21 || Kanalida
93 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:04:25 𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

@ADABIYOT_21

꧁ 3- 𝐐𝐈𝐒𝐌 ꧂

Topishmoqlarni ba’zan qanday atashgan?
“Topmacha”, “jumboq”, “matal”.
Topishmoq mumtoz adabiyotda qanday atalgan?
“Chiston”.
“Chiston” so‘zi qaysi tildan olingan?
Forschadan “chist” – “u”, “on” – “nima” degan
ma’noni bildiradi.
Topishmoq qanday savollar vositasida ifodalanadi?
O‘xshatish, taqqoslash savollari vositasida.
Topishmoqda yashirin ma’no, ko‘pincha, qanday shaklda keltiriladi?
Majoziy shaklda.
Aqlni chiniqtiradigan, bolani yoshlikdan mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan ko‘ngilochar o‘yin
janri bu …
Topishmoq.
Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr bu …
Topishmoq.
Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi?
2 xil: nasriy va she’riy.
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra …
2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
“Qoziq ustida qor turmas?”
Tuxum.
“O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?”
Igna.
“Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?”
Yil (daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i
qora, bir yog‘i oq).
“Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?”
Lab.
“Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi, qushim?”
Choynak.
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining yana qaysi janrlari ichida ham uchraydi?
Doston va ertaklar ichida.
Topishmoq qatnashadigan ertaklar necha xil?
2 xil: 1. Topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida keladi);
2. Ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosiga quriladi).
Mumtoz adabiyotdagi topishmoq nima deb ataladi?
Chiston.
Chiston janrining go‘zal namunalarini mumtoz adabiyotimizdagi qaysi ijodkorlar ijodida kuzatishimiz mumkin?
Alisher Navoiy, Uvaysiy.

Komila Masharipova

@ADABIYOT_21 | KANALI UCHUN MAXSUS
66 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:04:25 𖣘 5 - 𝑠𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

2- 𝒬ℐ𝒮ℳ

Kishilar o‘zaro suhbatlarida, bir-birlari bilan gaplashganda ishlatadigan vosita bu …
Maqol.
So‘zga husn beradigan, fikrni tushunib olishni osonlashtiradigan, uni yorqin, ta’sirchan qiladigan vosita bu …
Maqol.
Qaysi insonning nutqini “shirali” deyishadi?
Maqol qo‘shib gapirgan odamning.
Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asar bu
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari.
“Zarbulmasal” asarida nima tasvirlangan?
Yapaloqqush va boyo‘g‘lining quda-andachilik
mojarolari.
“Zarbulmasal” asarida qanchadan ortiq maqol keltirilgan?
400 dan ortiq.
“Qo‘l”ni bir paytlar qanday atashgan?
“Al”.
“Dunyo”ni-chi?
Ochun.
“Kitob”ni-chi?
Bitig.
Ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga
keladigan xulosalar bu
Maqol.
“Ona yurting omon bo‘lsa, …”
“… rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”.
“O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, …”
“… o‘z yurtingda gado bo‘l.”
Maqolning topishmoqqa o‘xshash jihati nimada?
So‘zlarning qofiyadosh bo‘lishligida.
Topishmoqda savol berilsa, maqolda oxirida nima beriladi?
Xulosa.
Maqolning shakli necha xil?
2 xil: nasriy va she’riy.
Maqollarda so‘zlar, ko‘pincha, qanday ma’nolarda keladi?
Ko‘chma ma’nolarda.
“Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, …”
“… yuz hayda”.
“Qazisan, qartasan, … ”
“… axir aslingga tortasan”.
“Olmaning tagiga … ”
“… olma tushadi”.
“Qarg‘a qarg‘aning…”
“ … ko‘zini cho‘qimaydi”.
“ Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, …”
“ … elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar”.
“ Bir kun tuz ichgan joyingga…”
“ … qirq kun salom ber”

@ADABIYOT_21 | KANALI UCHUN MAXSUS
39 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:04:25 𖣘 5 - 𝙎𝙄𝙉𝙁 𝘼𝘿𝘼𝘽𝙄𝙔𝙊𝙏𝘿𝘼𝙉 𝙎𝘼𝙑𝙊𝙇 - 𝙅𝘼𝙑𝙊𝘽𝙇𝘼𝙍

Odam bolasi nimasi bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?
Fikrlay olish qobiliyati
bilan.
Odam fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Mana shu solishtirish paytida nima yuz beradi?
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning osmondagi bulutlarni chopib borayotgan otga, ulkan odam qiyofasiga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning barg ustida sudralayotgan ipak qurtini poyezdga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan dalalarni qip-qizil gilamga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari nimada aks etadi?
Ertaklarda.
“Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga…”, - deya boshlanuvchi “Vatanim”
she’ri muallifini toping.
Muhammad Yusuf.
Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston Milliy bog‘iga kimning haykali
o‘rnatilgan?
Alisher Navoiyning.
Haykalni o‘rab turgan moviy gumbaz ustiga shoirning qaysi misralari bitilgan?
“Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish” misralari.
Bu misralar yozilganiga qancha vaqt bo‘ldi?
500 yildan ortiq vaqt o‘tdi?
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari muallifi kim?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar muallifi kim?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda uchraydi?
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
Turli insonlar taqdiri qanday asarlarda hikoya qilinadi?
Badiiy asarlarda.
Adabiy asarlar necha turli bo‘ladi?
3 turli: 1) she’riyat; 2) nasr; 3) dramaturgiya.
Adabiyotning “She’riyat” degan turiga qaysilar kiradi?
Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va she’riy dostonlar.
Adabiyotning “She’riyat” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi?
Shoirlar tomonidan.
Adabiyotning “Nasr” degan turiga qaysilar kiradi?
Ertaklar, hikoyalar, ocherklar, qissa va romanlar.
Adabiyotning “Nasr” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi?
Nosirlar, ya’ni yozuvchilar tomonidan.
Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi?
Hikoya usulida.
Adabiyotning “Dramaturgiya” degan turiga qaysilar kiradi?
Intermediya, yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari.
Dramatik asarlar qanday yo‘l bilan yozilishi mumkin?
Ham she’riy, ham nasriy yo‘l bilan.
“Odisseya” asari muallifi kim?
qadimgi yunon adibi Homer.
Gyote qaysi millatning shoiri?
nemis millatining.
“Boburnoma” asari muallifini aniqlang.
Zahiriddin Muhammad Bobur.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” asarining birinchi devoni qaysi?
“G‘aroyib us sig‘ar”

@ADABIYOT_21 | RASMIY KANALI UCHUN MAXSUS
32 views05:04
Ochish/sharhlash