Get Mystery Box with random crypto!

𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟 @ADABIYOT_21 ꧁ | YANGI TESTLAR BAZASI

𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

@ADABIYOT_21

꧁ 3- 𝐐𝐈𝐒𝐌 ꧂

Topishmoqlarni ba’zan qanday atashgan?
“Topmacha”, “jumboq”, “matal”.
Topishmoq mumtoz adabiyotda qanday atalgan?
“Chiston”.
“Chiston” so‘zi qaysi tildan olingan?
Forschadan “chist” – “u”, “on” – “nima” degan
ma’noni bildiradi.
Topishmoq qanday savollar vositasida ifodalanadi?
O‘xshatish, taqqoslash savollari vositasida.
Topishmoqda yashirin ma’no, ko‘pincha, qanday shaklda keltiriladi?
Majoziy shaklda.
Aqlni chiniqtiradigan, bolani yoshlikdan mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan ko‘ngilochar o‘yin
janri bu …
Topishmoq.
Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr bu …
Topishmoq.
Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi?
2 xil: nasriy va she’riy.
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra …
2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
“Qoziq ustida qor turmas?”
Tuxum.
“O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?”
Igna.
“Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?”
Yil (daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i
qora, bir yog‘i oq).
“Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?”
Lab.
“Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi, qushim?”
Choynak.
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining yana qaysi janrlari ichida ham uchraydi?
Doston va ertaklar ichida.
Topishmoq qatnashadigan ertaklar necha xil?
2 xil: 1. Topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida keladi);
2. Ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosiga quriladi).
Mumtoz adabiyotdagi topishmoq nima deb ataladi?
Chiston.
Chiston janrining go‘zal namunalarini mumtoz adabiyotimizdagi qaysi ijodkorlar ijodida kuzatishimiz mumkin?
Alisher Navoiy, Uvaysiy.

Komila Masharipova

@ADABIYOT_21 | KANALI UCHUN MAXSUS