Get Mystery Box with random crypto!

𖣘 5 - 𝑠𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟 2- 𝒬ℐ𝒮ℳ Kishil | YANGI TESTLAR BAZASI

𖣘 5 - 𝑠𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

2- 𝒬ℐ𝒮ℳ

Kishilar o‘zaro suhbatlarida, bir-birlari bilan gaplashganda ishlatadigan vosita bu …
Maqol.
So‘zga husn beradigan, fikrni tushunib olishni osonlashtiradigan, uni yorqin, ta’sirchan qiladigan vosita bu …
Maqol.
Qaysi insonning nutqini “shirali” deyishadi?
Maqol qo‘shib gapirgan odamning.
Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asar bu
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari.
“Zarbulmasal” asarida nima tasvirlangan?
Yapaloqqush va boyo‘g‘lining quda-andachilik
mojarolari.
“Zarbulmasal” asarida qanchadan ortiq maqol keltirilgan?
400 dan ortiq.
“Qo‘l”ni bir paytlar qanday atashgan?
“Al”.
“Dunyo”ni-chi?
Ochun.
“Kitob”ni-chi?
Bitig.
Ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga
keladigan xulosalar bu
Maqol.
“Ona yurting omon bo‘lsa, …”
“… rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”.
“O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, …”
“… o‘z yurtingda gado bo‘l.”
Maqolning topishmoqqa o‘xshash jihati nimada?
So‘zlarning qofiyadosh bo‘lishligida.
Topishmoqda savol berilsa, maqolda oxirida nima beriladi?
Xulosa.
Maqolning shakli necha xil?
2 xil: nasriy va she’riy.
Maqollarda so‘zlar, ko‘pincha, qanday ma’nolarda keladi?
Ko‘chma ma’nolarda.
“Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, …”
“… yuz hayda”.
“Qazisan, qartasan, … ”
“… axir aslingga tortasan”.
“Olmaning tagiga … ”
“… olma tushadi”.
“Qarg‘a qarg‘aning…”
“ … ko‘zini cho‘qimaydi”.
“ Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, …”
“ … elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar”.
“ Bir kun tuz ichgan joyingga…”
“ … qirq kun salom ber”

@ADABIYOT_21 | KANALI UCHUN MAXSUS