Get Mystery Box with random crypto!

𖣘 5 - 𝙎𝙄𝙉𝙁 𝘼𝘿𝘼𝘽𝙄𝙔𝙊𝙏𝘿𝘼𝙉 𝙎𝘼𝙑𝙊𝙇 - 𝙅𝘼𝙑𝙊𝘽𝙇𝘼𝙍 Odam bolasi nimasi b | YANGI TESTLAR BAZASI

𖣘 5 - 𝙎𝙄𝙉𝙁 𝘼𝘿𝘼𝘽𝙄𝙔𝙊𝙏𝘿𝘼𝙉 𝙎𝘼𝙑𝙊𝙇 - 𝙅𝘼𝙑𝙊𝘽𝙇𝘼𝙍

Odam bolasi nimasi bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?
Fikrlay olish qobiliyati
bilan.
Odam fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Mana shu solishtirish paytida nima yuz beradi?
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning osmondagi bulutlarni chopib borayotgan otga, ulkan odam qiyofasiga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning barg ustida sudralayotgan ipak qurtini poyezdga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Jajji bolajonlarning bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan dalalarni qip-qizil gilamga o‘xshatishi bu…
Obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi.
Obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari nimada aks etadi?
Ertaklarda.
“Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga…”, - deya boshlanuvchi “Vatanim”
she’ri muallifini toping.
Muhammad Yusuf.
Poytaxtimiz Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston Milliy bog‘iga kimning haykali
o‘rnatilgan?
Alisher Navoiyning.
Haykalni o‘rab turgan moviy gumbaz ustiga shoirning qaysi misralari bitilgan?
“Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish” misralari.
Bu misralar yozilganiga qancha vaqt bo‘ldi?
500 yildan ortiq vaqt o‘tdi?
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari muallifi kim?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar muallifi kim?
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda uchraydi?
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
Turli insonlar taqdiri qanday asarlarda hikoya qilinadi?
Badiiy asarlarda.
Adabiy asarlar necha turli bo‘ladi?
3 turli: 1) she’riyat; 2) nasr; 3) dramaturgiya.
Adabiyotning “She’riyat” degan turiga qaysilar kiradi?
Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va she’riy dostonlar.
Adabiyotning “She’riyat” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi?
Shoirlar tomonidan.
Adabiyotning “Nasr” degan turiga qaysilar kiradi?
Ertaklar, hikoyalar, ocherklar, qissa va romanlar.
Adabiyotning “Nasr” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi?
Nosirlar, ya’ni yozuvchilar tomonidan.
Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi?
Hikoya usulida.
Adabiyotning “Dramaturgiya” degan turiga qaysilar kiradi?
Intermediya, yirik drama, komediya, tragediya singari sahna asarlari.
Dramatik asarlar qanday yo‘l bilan yozilishi mumkin?
Ham she’riy, ham nasriy yo‘l bilan.
“Odisseya” asari muallifi kim?
qadimgi yunon adibi Homer.
Gyote qaysi millatning shoiri?
nemis millatining.
“Boburnoma” asari muallifini aniqlang.
Zahiriddin Muhammad Bobur.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” asarining birinchi devoni qaysi?
“G‘aroyib us sig‘ar”

@ADABIYOT_21 | RASMIY KANALI UCHUN MAXSUS