Get Mystery Box with random crypto!

​Davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobat boshlandimi? | Xususiy oliygohlar | INFO

Davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobat boshlandimi?

2016-yilda O‘zbekistonda butun respublika bo‘ylab 75 ta OTM mavjud edi, bugungi kunda ularning soni 210 taga yetdi. Ularning deyarli to‘rtdan biri xalqaro oliyhohlardir. Agar oliy ta’limda raqobat rivojlansa, bu tabiiy ravishda sifat yaxshilanishiga va xizmatlar narxining pasayishiga olib kelishi kerak. Chunki bozorda taklif va tanlash imkoniyati ko‘payadi.

Oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi ham ikki baravarga oshdi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich taxminan 9% ni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik 25% ga yaqinlashdi. 2030-yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 50% ga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.

Nima uchun xususiy oliygohlar foyda olishni ustuvor maqsad qilib qo‘ymasligi kerak?

Dunyo bo‘ylab talabalarning atigi uchdan bir qismi (33%) xususiy oliy ta’limda tahsil oladi. Taxminan 70%i davlat ishtirokidagi OTMlarda o‘qiydi. Xususiy universitetlarning aksariyati, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan. Bu borada Lotin Amerikasi birinchi o‘rinda turadi, mintaqadagi deyarli 45% oliygohlar xususiy hisoblanadi.
Braziliyada talabalarning 72% xususiy oliygohlarda tahsil oladi. Yaponiyada deyarli 79%, Janubiy Koreya va Filippinda ham xususiy oliygohlarda o‘qiydigan talabalar soni ko‘p. Ammo bu oliygohlar qandaydir shaxslarga tegishli emas. Ko‘pincha ular yirik kompaniyalar tomonidan yaratilgan o‘ziga xos korporativ oliygohlar.

Oliygoh xususiy bo‘lsa ham, bu uning maqsadi foyda olish bo‘lishi kerak degani emas. Xususiy oliygohlarning ko‘pi beg‘araz maqsadda jamiyat rivojiga hissa qo‘shish funksiyasini bajaradi. Aslida, bu jamoat tashkilotlari va ular «not for profit» sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu muassasani boshqaruvchi insonlar ham mazkur faoliyatdan daromad ololmaydilar. Olinadigan barcha foyda universitetning o‘ziga yo‘naltiriladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal