Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.58K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2024-03-25 12:02:57
“Qariyalar” bormi oramizda? Oshiq o’ynab mazza qilardiga? Hozirgi yoshlar buning zavqini tushunmaydi.

Yigitlarning oshiq o’yini sal boshqacha bo’lardi, ichiga ozgina qo’rg’oshin ham quyardik. Asosan qizlar o’ynaydigan (lekin biz ham o’ynardik) o’yinni biz tomonda “Happak tosh” deyishardi. Ko’p joyda “Besh tosh” nomi bilan ma’lum. Oshiq o’rnida oddiy tosh bo’lardi odatda.


@xushnudbekuz
17.5K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2024-03-24 19:14:36 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Omon Matjon. Ajdar quduq (doston)

Izoh
: Asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?! Eshitib, bilib olishingiz uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
17.6K views16:14
Ochish/sharhlash
2024-03-22 19:44:22
Kim bolaligida shunaqa “taxta oyoqlar”da yurgan? Masalan, biz yurardik, hammaning o’z “oyog’i” bor edi


@xushnudbekuz
13.6K views16:44
Ochish/sharhlash
2024-03-21 19:47:26 Abdulla Oripov she’rlaridan hech bo’lmasa 2 qatorini yod olmagan insonni topish qiyin. She’rini bilmayman deganlar ham, kamida O’zbekiston madhiyasini yodlagan bo’lib chiqadi.

Kelinglar, kimning yodida qaysi misralar qolgan bo’lsa, izohlarda yozamiz. Men boshlab beraman:

Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.

Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.


@xushnudbekuz
17.9K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2024-03-21 19:36:27
Abdulla Oripovni xotirlab

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston madhiyasining so‘zlari muallifi Abdulla Oripovning tug‘ilgan kuni!

Ustoz shoirimiz agar hayot bo‘lganlarida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.

“Kechki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim she’rlarini joylamoqchiman. Videolardagi she’rlarni shoirning o‘zi o‘qigan.

#kechki_mutolaa

TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

SALOM-ALIK

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko‘ksimni ortiq keribman.
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug‘, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.

LO‘TTIBOZ

Vijdonli odamlar ortgani sayin,
Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar.
Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin,
Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.

Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi,
O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga.
Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi,
Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga.

IKKI SHOIR

Bir shoir arz etdi ikkinchisiga:
— Do‘stim, shoirlikdan endi voz kechgum!
Qancha intilmayin xalqning ichiga,
She’rimni o‘qimas, o‘qimas hech kim.

Ikkinchisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan ko‘ra.
Xalq-ku o‘qimasdi meni ham, endi
O‘zim ham o‘qimay qo‘yganman, jo‘ra.


@xushnudbekuz
19.7K views16:36
Ochish/sharhlash
2024-03-21 08:02:57 Kanalda Navro’z yoki Navro’za ismli obunachilar bormi? Tug’ilgan kunilar muborak bo’lsin :)


@xushnudbekuz
14.3K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2024-03-21 07:57:01 Navro’z muborak!
13.5K views04:57
Ochish/sharhlash
2024-03-19 14:32:07
Navro’z bayramida 4 kun dam olish bo’lishini eshitgan talabalar uyiga qaytyapti


@xushnudbekuz
25.6K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2024-03-18 19:38:20
“Zakovat” teleo‘yinining bahorgi mavsumi uchun tayyorlangan anons-rolik.

Qalay chiqibdi? Kim ko’proq o’xshabdi?


@xushnudbekuz
137.4K views16:38
Ochish/sharhlash
2024-03-18 16:04:06
Nima deb o’ylaysizlar, biz ham shunaqa tartib o’rnata olamizmi? Va nima uchun yo’q?

P.S.: video Pekin metrosida olingan ekan. Yaponiyada ham xuddi shunaqasini ko’rganman.


@xushnudbekuz
18.2K views13:04
Ochish/sharhlash