Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.97K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-30 21:41:01 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xurshid-dostmuhammad-jajman

Audio hikoyani eshitish uchun:




Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
8.7K views18:41
Ochish/sharhlash
2024-05-30 20:48:51
Bu fikrga to’liq qo’shilaman! Jonivorlarga nisbatan shavqatsiz munosabat bu. O’yindan oldin kabutar uchirishni to’liq taqiqlash kerak.

PFL qayoqqa qarayapti, Diyor qayoqqa qarayapti?


@xushnudbekuz
12.8K views17:48
Ochish/sharhlash
2024-05-30 20:40:08
“Nasaf” va “Paxtakor” o’rtasidagi Superkubok o’yinidagi kabutar sarguzashti


@xushnudbekuz
14.0K views17:40
Ochish/sharhlash
2024-05-30 15:50:52
“Bahodir Yalangto’sh” filmining premyerasidamiz

@xushnudbekuz
14.9K views12:50
Ochish/sharhlash
2024-05-29 20:55:29 Biroz avval Sobir Rahimov avtovokzali oldida ko’z o’ngimda dahshatli yo’l transport hodisasi bo’ldi. Qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina boshqaruvni yo’qotib, bordyor ustiga chiqib ketdi va o’rtadagi simyog’ochga qattiq urildi. Zarba shu darajada qattiq bo’ldiki, oldi qismi ichkariga kirib ketdi va mashina simyog’ochga qadalib qoldi.

Agar o’rtada simyog’ochga urilmaganda bordyordan sakrab kelib to’g’ri men o’tirgan mashinaga urilgan bo’lardi edi (rulda emasdim, taksida edim).

O’lim shundoq burnimiz tagida yuradi, lekin biz xuddi umrbod yashaydigandek tutamiz o’zimizni.

Alloh barchamizni falokatlardan asrasin. O’sha mashinadagilarning ham jonini omon qilsin (tez yordam chaqirildi).


@xushnudbekuz
21.7K views17:55
Ochish/sharhlash
2024-05-29 19:19:55 NASAF — SUPERKUBOK SOHIBI!

Abduvohid Ne’matov, penaltida nimalar qildingey?

Nasaf muxlislarini tabriklayman!

@xushnudbekuz
19.5K views16:19
Ochish/sharhlash
2024-05-29 12:25:47
Shov-shuvlarga sabab bo’layotgan “Bahodir Yalangto’sh” filmining Toshkentdagi premyerasiga taklifnoma yutib olishni istaysizmi?

Unda bugun soat 18:00 da Instagramdagi sahifamda beriladigan savolga birinchilardan bo’lib to’g’ri javob yozing.

Premyera ertaga, soat 17:00 da bo’ladi. Unda film ijodkorlari, aktyorlar, rejissyorlar, boshqa mashhur insonlar qatnashadi.

Film treylerini mana bu yerda ko’rishingiz mumkin.


@xushnudbekuz
21.2K views09:25
Ochish/sharhlash
2024-05-26 20:54:36 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Arkadiy Averchenko. So‘qirlar (hikoya)

Izoh: Yosh yozuvchi Abe bir haftaga qirol vazifasini bajaradi va eng yaxshi deb bilgan qarorini e’lon qiladi. Keyinchalik esa o‘zi chiqargan qaror Abening o‘zini hayratga soladi.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/arkadiy-averchenko-soqirlar

Audio hikoyani eshitish uchun:




Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
7.8K views17:54
Ochish/sharhlash
2024-05-26 16:16:38
“Lolazor” podkasti so‘ngida mehmonimiz Rahmon Qo‘chqor tomonidan aytilgan 2 qator misra Shavkat Rahmonning “Xirgoyi” she’ridan parcha edi. To‘lig‘ini so‘raganlar uchun shu yerda qoldiraman:

XIRGOYI

Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz,
sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz,
o‘rindan ozgina tursak maylimu?

O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar,
gardinda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar,
o‘z bekim yerida yursak maylimu?

Nasimlar gullamish ozod tog‘larda,
ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda,
bobolar qiynalib tikkan bog‘larda
ag‘anab bir xayol sursak maylimu?

Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari so‘lgan,
urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda
o‘z bekim davlatin qursak maylimu?

Yuz ellik yildirki mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat?
Nega men so‘rayman sizdan ijozat?!

Shavkat Rahmon


@xushnudbek
6.7K views13:16
Ochish/sharhlash
2024-05-26 10:03:51
MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast





Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik.

Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor.





Buni albatta ko‘rishingiz shart. Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.


@xushnudbekuz
14.6K views07:03
Ochish/sharhlash