Get Mystery Box with random crypto!

Inson kapitali — eng qimmat resurs. Yoshlar ta’limiga kiritilg | Xushnudbek.uz

Inson kapitali — eng qimmat resurs. Yoshlar ta’limiga kiritilgan sarmoyalar esa jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Ilk marta doʻstimiz Xayrulla Ruhitdinov bilan koʻrishganimizda garchi uning koʻzlari ojiz boʻlsa ham, u ilm olish istagida yonib turganini qalban his qilganman. Uning maqsadlari bizni ruhlantirgan. Ushbu havola orqali Xayrulla Ruhitdinov bilan toʻliq tanishishingiz mumkin.

Xayrulla misolida koʻrishimiz mumkinki, ta’limga tikilgan har qanday sarmoya kun kelib, albatta, oʻzini oqlaydi. Yoshlar ishlari agentligi bilim olish yoʻlidagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlab, ularga imkoniyat yaratishni oʻzining bosh maqsadi, deb biladi!

@alisher_sadullaev