Get Mystery Box with random crypto!

📚 Xayotiy Hikoyalar 📖 Rasmiy

Telegram kanalining logotibi xikoyalaruz — 📚 Xayotiy Hikoyalar 📖 Rasmiy X
Telegram kanalining logotibi xikoyalaruz — 📚 Xayotiy Hikoyalar 📖 Rasmiy
Kanal manzili: @xikoyalaruz
Toifalar: Adabiyot , Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 809
Kanalning ta’rifi

Xayotiy Hikoyalar kanaliga hush kelibsiz.
📝 Ибратли хикоялар
🖼️ Статусли расимлар
🏃 Фойдали маслахатлар
🎥 Видеолар
Ютуб каналимиз:
https://www.youtube.com/@xayotiyhikoyalar6365

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-01 17:33:29 ​.
Kòzlarida tolgan yoshdan biroz kòzi achishdi , chuqur nafas olib yon atrofiga qaradi va unga umid , faxr mamnuniyat bn qarab turgan Otasini kòrdi ... Jilmaydi ... Kòz yoshlarini yashirdi ... Yelkasiga qoyilgan qolga qaradi ... Jasurning hamdardlik va afsus tola nigohlariga qarab kulib qoydi ... song yonida u bn butun umrini boģlamoqqa shay turgan qizga yuzlandi ... Òziga tikilgan nigohlarda sevgi va cheksiz mehrni kòrdi ... Yana jilmaydi va kelinning qolidan tutib tortti kesishdi ...
Endi doyim shunday boladi ... Har safar qalbida oģriq turganda , ishq ortaganda , yuragi uni ismini takrorlab qoymaganda .... shunday qiladi . Yaqinlarini kuzatadi va jilmayadi ... Chunki ular bahtli ... Bahtli ... Hamma sevganlari bahtli bolganda unga baht yetishmasa nima qilibti ? Ammo Nargiza chi ? - bu savolni qalbi ongiga har kun , har soat , har daqiqa beradi ... Yuragiga nishtardek sanchilib paydo bolgan jarohatni esa Nargizaning achchiq kòz yoshlari yana kuydiradi ... Ongi esa faqat bir javobni beradi ... Afsusdaman....


Nargiza buni tush bolib chiqishini hudodan ilitjo qilib qayta qayta qolini chimchilab qizartirib tashladi ... Shoxruxning unga hechnima demaganini esladi ... Song uni yonida oq libosda malikalardek guzal bolib oy nuridek jilo sochib turgan shaxzodasini qolini ushlab olgan qizga nafrat bn qaradi ... Va kòzlari Shoxruxni yelkasiga qolini qoygan Jasurga tushdi ... Jasur ham Nargizaga aybdorona qarab yuzini burdi ... Nargiza ortga tisarila boshladi ... Otyotkan ofitsiyantlar esa uni turtib ketishardi ...
Boģziga tiqilgan alamdan baqirib yubormaslik uchun òzini oshxonaga otti ...
tashqariga chiqib bòģ tomonga otti ... Yurolmadi , oyoģidan mador ketib yerga otirib qoldi ... Ohiri chidolmadi , òzini tutib turolmadi ... Yiģladi ...... Hatto ovozi ham chiqmas nafas yetmasdi ... Chuqur nafas ololmay tiqilib qoldi ... Kòksidagi oģriqdan mushtlab mushtlab yiģladi.... Òzini yana bir bor tashlandiqdek his qildi ...
Ammo bu safar oldingidek emas ... Bolalar uyi darvozasi tagida tashlab ketilgan chaqaloq sovuq va ochliktan yiģlagan bolsa hozir alam , nafrat , yolģon va xiyonatni his qilardi ...
Qalbidagi yaralangan ishqning oģriģi bosilmas qaytaga yanada kuchayardi ...
Va nihoyat opkasiga havo tegdi va ovozi chiqdi ... endi baqirib yiģladi ... Toyhona ichidan chiqyotkan sado uning ovozini bildirmasa ham òziga eshtilardi ...
" Nima uchun ? Shoxrux aka ? Nima uchun ? Nimagaaaa ? Men....menchi ? Men nima qilaman ? Nega bunday qildingiz ? "

Bu savollarni tashqariga chiqarmasa ham butun vujudini ortardi ... Òzini hali hamon yiģidan tohtata olmas titragancha yana nafasi tiqila boshladi

Kòz oldidan Shoxrux bn ilk tanishuvi , liftga qamalib qolganlari , Shoxruxning honasiga bostirib kirgani , U bn ilk ovqatlangan vaqti , ilk sayr , janjallar , tortishuvlar , vadalar , isxorlar .... va songi uchrashuvi.... bari kòz oldidan kino lentasidek otib ketti .... Afsuski bu shirin tushdek otib ketti ...

Nargiza endi titramas , yerga otirgancha qimir etmasdi ... Faqatgina kòzlarini qizartirib tokilyotkan yoshlar hali hamon tohtamagandi ... Ular ham birozdan song tohtar balkim ... ammo qalbidagi yara va oģriq hech qachon tohtamaydi ... tanadagi har qanday oģriq ham kun kelib òtib ketadi , balki chandiq qolar , doģ qolar ammo ular hotiradan boshqa narsa bermaydi ...

Ammo qalb yarasi ... hechqachon tuzalmaydi , òtib ketmaydi ... Har gal eslaganda....kòrganda....soģinganda huddi ilk bora bolganidek oģriq beradi ... Yaralangan qalbdagi ishq esa òz boshliģini faqat zulmat va oģriq bn toldiradi ... Bu esa insonda ishonchsizlik tuyģusini uyģotadi ... Sevgiga nisbattan , ishqqa nisbattan ... Bunga sababchi esa YARALANGAN ISHQ...

#davomi_bor

Muallif : Feya

Каналимизга обуна бўлинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXhOCJV5OqJNA3C1g
1.1K viewsNo Name, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:33:18 - Bugungi toyga rosa havasim keldii - deb kòzlari chaqnab gapirardi Ruhsora

- Haa nimasini aytasan . Dekorasiyasiga gap yòq . Kelin kuyovni kòrmadinglarda . Men boya kelganda moralab kòrgandim . Uzukka kòz qoygandek biram bir birga moss - deya tolib toshib tariflardi Nigina

- Iloyim bahtli bolishsin - deya niyat qildi Nargiza...

- Haa omin aytganing kelsin guzalim , sizlargayam yuqsin - deb kuldi Madina ... Shu onda Madinaning telefoni bezovta jiringladi - Men hozir - deya chetka otib javob berdi

- A..loov Madina Dav..letova!!!
- Farruh Nizamov , shu mahalda nega qonģiroq qilyabsiz ?
- Qay..erdasiizzz ?
- Sizlab gapiryabsizmi ? Ichganmisiz ?
- HA-HA-HA , ichtim . Bòkib ichtim . Bugun qanday kunligini bilasanmi . Bilmaysan BILMAYSAN BILMAYSAN !!!
- Baqirmang . Qayerdasizzz ?
- Bilmayman... bilishni ham istamayman

- Janob buni menga bering - birdan Farruh tomondan ofitsiyant yigitning ovozi eshtildi - Iltimos bering , qolingizni kesib olasiz

- Tegma ! Yaqinlashma . Ket yuqol
- Farruh qayerdasiz ? Men boraman . Siz ayting . Qayerdasiz ?
- Rostan kelasanmi ? Rostan a ???
- Ha ha boraman . Qayerdasiz ?
- Men qayerdaman - deya oshqordi boyagi ofitsiyantga Farruh

- Janib siz * siz . Boldi . Kop ichdingiz . Bunisini qoying !

- SENGA TEGMA DEDIM . Madina eshtingmi ? Kelasanmi ?

- Ha hozir boraman . Hechqayerga ketib qolmang . !

Madina telefonni ochirib qizlar tomonga bordi va Nargizni chetka tortti

- Nima boldi ? Kim ekan qonģiroq qilgan ?

- Men ketishim kerak .. bu zarul . Kelgach barini bafurja tushuntirib beraman . Sòz beraman . Ammo hozir hechnarsa sòrama.. Nargiz ketishim shart .

- Shunchalik muhum bolsa mayli . Boraqol . Òzim orningni bildirmay turaman . Faqat keyin xabar berib qoy . Havotir olaman ...

- Hop , rahmat shirinim - Madina Nargizni mahkab baģriga bostida song narsalarini olib orqa eshiktan chiqib ketti . Orqa eshik oshxona tarafda joylashgan bolib u yerda asosan xizmat korsatadiganlar uchun edi ...



Birozdan song Nigina yigitim qonģiroq qilyabti deb tashqariga chiqib ketti ... Oshxonada esa hamma òz ishi bn band . Faqat Nargiza bn Ruhsora otirib qahva ichishardi ... Birdan yugurib kirgan Iroda opani korib ularning kapalagi uchti . Chunki Iroda opa vajohat bn kirib huddi hozir kimgadir tashlanadigandek qarab turardi

- Hozir kelin kuyov uchun tort olib boriladi . Mahsus bezatilgan pichoq qani ???? - oshxonadagi hamma bu ovozdan gangib keyin pichoq izlashga tushishdi ... Ruhsora pichoqni olib kelib patnisga qoydi ...

- Men olib boraman . Beraqol - Nargiza patnisni olib chiqib ketti ...

Davra ortasida 5 qavatli tort qad rostlab turardi... Kelin kuyovni esa yoshlar qurshab olishgandi ... Nargiza yigit va qizlar orasiga suqulib kirib ketti va patnistagi mahsus pichoqni joyiga qoymoqchi bolgan payt uni qolidan pichoqni olishdi ... Pichoqqa kim qol chozganini kòrish uchun boshini kòtarib qarshisiga qaradi ....

Ilk bor uni uchratgan payti ... uning gaplari , jahli , ģazabi , kulgusi , mazah qilishi , ayyorona qarashi , samimiy nigohi .... hammasi jo bolgan osha tun zulmatini eslatuvchi va Nargiza qaraganda faqat òz aksini kòruvchi nigohlar turardi uning qarshisida ...

Nargiza joyida qotib qoldi . Na gapirishni na yiģlashni na ketishni bilmasdi ... Jimgina toģrisida undan kòzlarini olib qochyotkan xiyonatkorga qarab turaverdi ...
" Bu tushmi ? Bunday bolishi mumkun emas ... Shoxrux akam menga bunday qilmaydi... U bunday qilmaydi... qilolmaydi ... "

Shoxrux Nargizani bu yerda kòrmayman deb oylagandi ... Ahir unga Toyhonada ishlashni man qilgandi ... Uni nafaqat bu yerda balki endi hayotida ham kòrmaslikka qaror qilgandi ... Ammo ... ammo taqdir oyinini qarangki hozir U qarshisida turibti ... Yosh tola kòzlari bn Shoxrux ga hayrat bn boqib turibti .... Shoxrux qanchalik kòzlarini undan olib qochmasin , ayni paytta unga talpinyotkan yuragini tohtata olmasdi ... Qalb oģriģini yengishi , chidashi kerakligini oylab tabassum qildi ...
832 viewsNo Name, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:33:17 Uni ustiga bu majburiy bolmaydi . Shoxrux ham kap katta yigit ... Bir oylani boshliģi boladigan vaqti keldi . Uni ustiga Zinnura ham tagli tugli oyla vakilasi . Aqlli va tarbiyali ekan . U bn uchrashib gaplashdim . Ammo aksiyalarni sotmoqchi emas ! Tajribasi kam bolsa ham ishni kòzini bilar ekan . Agarda ikki yosh qoshilsa ikki oyla ham birlashadi . Bundan esa biz koproq manfaat kòramiz . Anvar Rashidovning oģli bor . Ammo u hali maktab yoshida . U òsib , òzi oyoqqa turguncha kompaniyani Zinnura boshqaradi ... Bu esa ayni muddao ...
Oylab kòring , ahir shuncha yillik mehnatingiz , bunda Shoxruxning ham hissasi bor . Bu kompaniya bu biznes , tadbirkorlik ... ahir bularni nevaralarim davom ettiradi derdingizku ... Nahotki shu ahvolda Kompaniyaning parokanda bolishini jimgina shu yotaqda mixlanib kuzatib tursangiz ?

- Ammo Shoxrux nima derkin ? Qizchi ?

- Har qanday qiz Shoxruxdek shaxzodani orzu qiladi . Shoxruxga kelsak uni yòqtirgan qizi ham yòq .. Va sizning gapingizni ham ikki qilmaydi . Uni kondiring , kelajagi uchun ham . Zinnura juda ajoyib qiz va bebaho rafiqa , tilla kelin boladi hali ... Meni aytti dersiz . Yana ...

- Yana umringiz kam qolgan , keliningizni qolidan choy ichib keting armon bolmasin demoqchisanda ...

- Men... men nima deyishimni ham bilmayman

******



- Laylo nega bunday boldi aa ? - Madina yotoqda istmasi chiqib yotkan Layloni boshiga namlattani qoyar ekan nolib qoydi - Ahir bugun katta toy borkuu

- Hechqisi yòq . Layloni orniga men boraman . - Gapni kesdi Nargiza qolida qaynoq choy bn kirib kelib

- Senmi ? Adashmasam Shoxrux akangiz endi toyhonadan ishlamaysan demaganmidi ?

- Òzi Shoxrux akamni 20 kundan beri kòrmayabman . Telefon qilsam ham kotarmayabtilar . Aziz Nizamovni ahvoli yaxshimikin ?

- Men Jasur aka bn kecha gaplashgandim . Ancha yaxshi ekanlar . Shoxrux esa ish bn ketkan dedilar . - Laylo gapini yakunlab yana boshini yostiqqa qoydi

- Yòzda faqat bizni Laylo gripp bolsa kerak ! Teskari tuģilganmisan Layloo- Madina yana nolishga tushdi


- Qizlar - honaga Nodira kirib keldi - ketish vaqtingiz boldi . Qani bolaqoling . Laylo qizimga òzim qarayman . Boringlar .

- Hop boladi oyijon.
- Rahmat holajon - Nargiza Madinaning onasiga shunday murojat qilardi . Laylo ham uni oyijon deb chaqirishni boshladi . Nodira qizlarga mehr va etibor bn ģamhorlik qilar edi ... Ammo Nargizaning tili Ona sòziga kelmasdi ... Bir necha bor tilini uchiga keltirdi , ammo talaffuz qilolmasdi . Kòzlari yoshga tolgancha jim bolib qolar edi ...


Qizlar Toyhonaga kelib tayorgarlik kòrishdi ...

- Hamdam aka , Assalomu aleykum. Yaxshimisiz - Madina hardoyimgidek kelgan zahoti Hamdam aka bn sòrashdi

- Vaaleykum assalom. Yaxshi rahmat òzingiz yaxshimisizlar . Qizlar qani ?

- Ha Layloni mazasi bolmadi . Shunga orniga Nargiz bn kelaverdim .

- Maylo tuzalib ketsin . Aytgancha seni ishing nima boldi ?

- Kompaniyadagimi ? Sinov muddatim tugadi . Òzimiz xabar beramiz ketaver deyishgandi . Jim jitku .

- Sendan qutulganlariga hursand yurishgandirdaaa

- Kuling kuling . Hali kòramiz . Ha aytgancha bugun kimlar keladi ?

- Telefoniningni tayorlab turaver . Bugun zòr zòr mashxur qoshiqchilarni aytishgan . Òziyam katta odamni toyi ekan .

- Yoģe kimniki ?

- Haligi , ismi nima ediya ?? Haa

- Madinaaa - Hamdam akani gapi tugamasdan Nargiz yugurib keldida Madinani tortqilab olib ketti - Assalomu aleykum Hamdam aka . Madi sen yur Iroda opa chaqiryabtilar

- Hop mayli Hamdam aka . Yaxshi qoling

- Mayli ishingizga omad !!!


Qizlar hamma narsani tayorlab taht qilib qoyishdi . Song oshxonaga otib otirishdi . Bugungi toyga jami 50 ga yaqin ofitsiyant yollashibti . Shularni dastidan qizlarga deyarli ish ham qolmadi . Faqatgina biron nima kerak bolsa yetkazib berish qoldi holos ...

Madina qizlar bn oshxona otirishardi ...
777 viewsNo Name, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:33:17 - Eshtaman Honim
- Ish bittimi ?
- Ha samalyot hozirgina uchib ketti . Endi uni izini ham topa olishmaydi . Topkan taqdirlarida ham faqat Farruh Nizamovga eltadi . Siz suvdan quruq chiqasiz .
- Yaxshi . Aksiyalar kimda ?
- Siz tayinlagandek , ularni sottik . Hozirda ular Zinnura Rashidovaga tegishli. Bu haqida kop òtmay habar tarqaladi .
- Ajoyib . Aksiyalarni birdan òtkazmadingizmi ?
- Yòq albatta . Siz aytkandek avval biznes bozorida aylantirdik . Shubha uyģotmaslik uchun . Song savdolashdik . Zinnura Rashidova ham hech bir shubha va gumonlarsiz sotib oldi .
- Ok . Ochiryabman !
- Yaxshi . Soģ boling .


《 Aziz Nizamov .... aksiyalari kochada qolganini eshtgach yuragi huruj qilgan ekanda . Haa peshona teri ... Shuncha yillik mehnati ... Oģli , nevaralari va hatto avlodiga qoldirmoqchi bolgan merosi ... Mana shu kòyga tushsaya ? Afsus ... ammo qutqarish kerak . Buni esa òzim qolga olaman . Oyinni ular boshlashdi . Men nuqta qoyaman ! Endi menga pullaringiz ham merosingiz ham bir tiyin ! Hech qaysisi toptalgan nomusim va oyin qilingan tuyģularimga teng kela olmaydi ... Aldangan va horlangan ayolning qalb oģirģi va kòz yoshlari nimalarga sabab bolishini kòrib qoying ..! 》

Aziz Nizamov hushiga kelib ancha òzini qolga oldi . Ammo hechkimni kòrishni istamasdi ... Uzoq davom etkan yolģizliktan song Dilbar Nizamova kirishga muofaqt boldi . Ichkariga ustiga oq halat tashlab kirar ekan , qolida fayl kotarib kelib Aziz Nizamovning qarshisiga otirdi

- Ahvolingiz ancha yaxshilanibdi . Doktor shunday dedi . Erta indin uyga ruhsat berishar ekan ...

Qoliga osma ukol ulangan , yurak urushi monitorda bazor eshtilyotkan Aziz Nizamovga tinmay gapirardi Dilbar Nizamova ...

- Dilbar - Dilbar Nizamovaning gapini bolib uni chaqirdi Aziz Nizamov

- Labbay ?

- Oyla qurganimizga qancha vaqt boldi ?

- N...imaa..a.?

- Men bilan turmush qurib yashayotkaninga qancha vaqt boldi ?

- 9 yil ...

- Toqqiz yil-a ? Shu yillar davomida qanchadan qancha suvlar oqib otti . Seni uchratganimda yosh , guzal va beģubor ayol eding . Hayotning achchiq zarbalarini ham tabassum bilan qarshi oladigan irodang bor edi . Hozir esa ... hozir Shaytonga ham dars berasan a Dilbar - deya kuldi Aziz Nizamov. Ammo kulgusi siniq chiqdi va uzoqqa bormadi , gapida davom etti - Shu yillar mobaynida senga yetarlicha etibor , mehr bermagan bolishim mumkun ... Kechir meni .
Hayotim davomida yoldan adashgan odam singari yashadim . Qalbim mudom tentirab yurdi . Birinchi rafiqam Oygulni soģinardim ... Seni ham yaxshi kòrardim . Òzimni ishga baģishladim . Oyla esa ikkinchi orinda , men qurgan koshonada yashab meni ishdan kelishimni va ketishimni kuzatadiganlar bolib qoldi . Bu eng katta xatoyim boldi ... Mana endi buni jazosini olyabman . Men har tarafga tarqalib ketgan parchalarni birlashtirish uchun urungan vaqtim osha parchalar qolimni kesishdi Dilbar . Orqamdan pichoq urushdi ...

Dilbar Nizamovaning nafasi qaytb , yuragi qòrquvdan tohtab qolay derdi . Peshonasini ter bosdi , barmoqlarini qayirib tezroq Aziz Nizamov gapini davom ettirishini kutardi ...

- Mana endi bu toshakka mixlanib qoldim . Oģlim yarim yolda qoldi . Unga aytmoqchi bolgan gaplarim , orgatmoqchi bolgan narsalarim , nasihatlarim u hasratlarim shu koyda qoldi ... Uni yolģizlikta qoldirgan yillarimni ornini toldira olmadim ... Naqadar badbaht otaman ... farzandimni kòzlariga qanday qarayman ? ...
Kompaniya aksiyalaridan ham ayrildik ...

Bu gapdan song Dilbar Nizamova jonlandi ...

- Yòq . Hali imkonimiz bor .

- Qanday imkon haqida gapiryabsan ? Aksiyalar biznes bozoriga chiqib ketgan . Ular kimni qoliga tushganini esa hali ham bilmaymiz .

- Bilamiz . Men bu haqida sòrab surishtirdim . Siz bn ayni shu masalada gaplashib olmoqchiman !
- Aksiyalarimizni Rashidov kompaniyasi rahbari Anvar Rashidovning qizi Zinnura Rashidova sotib olgan . Qiz hali yosh ekan . Shoxruxtan 1 yosh kichik . Uni ustiga tajribasiz ... Agarda ....mabodo Shoxrux bilan Zinnurani yulduzlari qoshilsa undan taralgan nurdan eng avvalo bizning kompaniyamiz yashnaydi . Ahir hozir jar yoqasidamiz .
783 viewsNo Name, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:32:25 ​# - U kunlar otib ketti Farruh . Osha koshona yaqinda qulaydi . Osha ilon ham koshona ostida qolib mayib bolsin ! Kòramiz oshanda ham boshini tik tutib yura olarmikin ? - Nima desangiz shu . Mashinada kutib turing . Men Zarnigir bn gaplashib kelaman …
879 viewsNo Name, 14:32
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:08:47 1- савол : Қуръонда исми зикр қилинган саҳоба? 2 -савол : Қуръондаги қайси сура аёллар ҳақида ? 3 -савол : Қуръонда исми зикр қилинган ягона аёл номи? 4 - савол : Тер чиқса таҳорат бузиладими ? 5 - саво : беш маҳал номозда нечта фарз бор? 6- савол : Рўза…
956 views╰͜͡─͜͡═͜͡ঊ͜͡ঈAzim͜͜͜͡͡ ͜͡シ͜͡ ͜͡ɴ͜͡ ͜͡υ͜͡ ͜͡ʀ ͜͜͜͡͡͡ツ͜ঊ͜͡ঈ͜͡, 14:08
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:08:20 Ўйинимиз ғолибаси аниқланди . Ўйинимиз ғолибаси Ҳадя бўлиб, у 44 та лике тўплабди. Уларни ўйинимиз ғолибаси деб эълон қиламиз ва иштирок этганлари учун рахмат айтиб қоламиз.
Қолган иштирокчиларга хам катта рахмат
899 views╰͜͡─͜͡═͜͡ঊ͜͡ঈAzim͜͜͜͡͡ ͜͡シ͜͡ ͜͡ɴ͜͡ ͜͡υ͜͡ ͜͡ʀ ͜͜͜͡͡͡ツ͜ঊ͜͡ঈ͜͡, edited  14:08
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:44:07 ди…

Афсуски, Дилнозани врачлар ҳам сақлаб қола олишмади.

Заҳар гўдакнинг ичакларигача куйдириб ташлаган экан…

Қизчани эртаси куни эрталаб қабрга қўйишди.

Сайёра НУРИДДИНОВА.


Каналимизга обуна бўлинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXhOCJV5OqJNA3C1g
968 viewsNo Name, edited  12:44
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:44:07 ухлаяпти. Мен бўлсам, унинг тан маҳрами билан айш қилиб уйга қайтмоқдаман…»

Шерали уйга яқин келганда бирдан тўхтади. Орқасидан шиппагини судраганча келаётган Бувсаранинг яқин келишини кутди.

— Нега тўхтаб қолдингиз? — яқин келиб сўради Бувсара. — Бирор гап бўлдими?

— Менга қара, илтимос, энди учрашмайлик! — деди Шерали ерга боқиб.

— Нега? Нега ундай деяпсиз? Жонингизга тегдимми?..

— Йўқ, асло ундай эмас. Акамнинг олдида бош кўтариб юролмас бўлдим. Тушунсанг-чи!..

— Биламан. — оҳиста шивирлади Бувсара. — Баъзида ўзим ҳам у кишининг кўзларига тик қараб гапира олмайдиган бўлиб қолганман. Аммо… Не қилайки, сиз кўз олдимдан кетмайсиз. Сиз… Сиз… Бошқачасиз… Йўқ, буни тушунтириб бера олмайман… Қўйинг, бўлар иш бўлган. Мана, Дилнозаниям сиздан туғдим-ку, ахир!.. Энди ҳаммасини орқага қайтаришнинг иложи йўқ.

— Иложи бор. — Шерали Бувсаранинг елкасидан тутиб ўзига қаратди. — Сенам ўзингни қўлга ол. Менам ўзимни тутиб олишга ҳаракат қиламан. Қўй, акамнинг юзига ортиқ оёқ қўймайлик. Яхши эмас…

Бувсара ҳеч нарса демади… Беихтиёр кўзларига ёш келиб унсиз пиқиллаганча уйига кириб кетди…

 

* * *

 

«Йўқ, у хотинчаси туфайли мендан кечмоқчи! — ўйларди Бувсара кўрпага бурканиб олганча унсиз йиғлаб. — Ўғил туғиб бермоқчи-да у!.. Энди бу кишимнинг кўзларига Дилноза кўринмай қолган!.. Илоё қорнинг ёрилиб ўлгур мегажин!.. Ваъдалари-чи? У қиламан, бу қиламан деб бош-кўзимни айлантирганди!.. Тўхтаб тур ҳали сен қанжиқ, кунингни кўрсатаман! Шералини осонликча сенга бериб қўядиган аҳмоқ йўқ!..»

Кўр-кўрона рашк Бувсарани буткул ақдан оздиргандек эди. У туни билан ухламасдан, овсинидан қандай ўч олиш йўлларини қидирди. Охири топди.

Бу йўл Шерали учун ҳам, ўзи учун ҳам жуда қулай ва фойдалидек туюлаверди…

Эрта тонгда турди-ю, ўзи таниган, ишонган дугонасиникига йўл олди. Унда дорининг туридан бўларди…

Турли баҳоналар билан дугонасидан дори ҳам ундирди.

 

* * *

 

Икки маҳалла наридаги ўша аёлникига бориб келиши учун кўп вақт кетмади. Ё тез юрдими, бир соатга ҳам етмай, ҳовлисига кириб келди.

Бу ишда эҳтиёткорлик зарурлигини жуда яхши биларди. Эҳтиёт шарт, аввал Шералининг уйи тарафга, сўнгра эри ва қизчаси ётган хонага кўз ташлади. Жимлик. Беихтиёр юраги ғаш тортиб бирпас туриб қолди.

— Ўзи бунақа ишга қўл уриб кўрмаган одамнинг юрагиям безовталанса керак-да! — ўйлади у уф тортиб. — Илоё жувонмарг бўлиб кетсин ёмон одамлар!..

Шундан сўнг югуриб ошхонага кирди-да, дераза токчасида турган косага дорини солиб қўйди.

Ҳа, шундай қилгани маъқул. Агар ичкарироққа беркитса, Худо кўрсатмасин эсидан чиқиб қолса, нима бўлади? Бунақаси кам бўлганмиди…

— Бетингдан бузилгур қора мушук! — ўзича ғудраниб ташқарига йўл олди Бувсара. — Атайин куйиб ўлсин дейдими, қорнини қаппайтириб уёғимдан ўтади, буёғимдан ўтади!.. Гўрингда чиритмасам тинчимайман, қанжиқ, тинчимайман!..

Орадан уч соатча вақт ўтиб кун тиккага келди. Шомирза укасини олиб аллақачон шаҳарга майда-чуйда харид қилиш учун чиқиб кетган, Дилнозани эса, ошхонага олиб кириб олдига ўйинчоқлар уйиб қўйганди.

— Вақт етди! — кўнглидан ўтказди Бувсара. — Қорнинг ёрилгур ҳам уйғонибди. Яна ўзини кўз-кўз қилиб ҳовли айланиб қолди. Мен дарров чой дамлай-да, чақирай яшшамагурни!..

У ошхонага узоқдан бир кўз ташлаган бўлди-да, тандирхонага кириб ўчоққа ўт қалади ва човгум қайнаб чиқишини кута бошлади.

Шу орада ярим соатча хаёл суриб ўтириб қолди. Бир маҳал қулоғига қизчасининг қур-қур йўталиб йиғлаётгани чалинди-ю, шартта ўрнидан туриб ошхонага чопди…

Кириб келганда… Не кўз билан кўрсинки, Дилноза полда ётган кўйи нуқул типирчилар, чўзиб-чўзиб йўталар, йўтал орасида тинимсиз ўқчирди…

— Вой, сенга нима бўлди, болам? — Бувсара жонҳолатда қизига ёпишди. — Нима бўлди сенга?.. Вой, болам, кўзингни оч!.. Кўзингни очсанг-чи, болажоним!..

Дилноза яна бир-икки ўқчиб йўталди-да, жим бўлди…

— Ҳой, ким бор?.. Ёрдам беринглар! Болам ўлиб қолади, ёрдам беринглар!..

Бувсара бақир-чақир қилиш асносида нимадир эсига тушгандек, шошиб дераза токчасига қаради.

Косада дори йўқ эди…

Юраги ёрилгудек бўлиб қизининг қўлчаларини пайпаслади.

Қизалоқ дори ўралган қоғозни кафтлари ора​​сида маҳкам чангаллаб ётар
877 viewsNo Name, 12:44
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:44:07 — Ҳозир кириб алмаштириб оламан.

— Тўғрисини айтсам, ўша Мадинани анчадан бери кузатиб юрибман. Жудаям фаросатсиз экан. Ишонасизми, овқат қилаяпти-ю, чала ювилган капгирни қозонга тиқаяпти. Аёл дегани сал озода бўлса-да!..

Шерали индамади. У сезиб турарди. Бувсара атайин уни Мадинадан совитиш учун шу гапларни гапираяпти.

Бироқ… Негадир алам қилди… Эркак бўлиб хотини тўғрисида бу тахлит гапларни эшитиш унга оғир ботди. Билмайди… Негадир юраги ғаш тортиб Бувсара билан совуққина хайрлашди-ю, уйига йўл олди…

 

* * *

 

Ичкарига кириб борганда, Мадина каравотда ўтирганча қандайдир китобни варақлаш билан банд эди. Остонада пайдо бўлган эрини кўриб даст ўрнидан турди.

— Овқат ейсизми? — оҳиста сўради у Шералидан.

Шерали унга ер остидан ўқрайиб қараб олди-да, хотинига ўшқирди.

— Овқат берадиган одам аллақачон дастурхон тузаб қўйиши керакмасмиди?..

Мадина бундай муомалани кутмаган эканми, бирдан қовоқлари уйилиб ортга тисланди.

— Сизнинг қачон келишингизни билмадим-да!.. — деди эшитилар эшитилмас.

— Ишқилиб, овқат қилаётиб тоза капгир ишлатганмисан? — ҳамон сўз оҳангини ўзгартирмай сўради Шерали.

Мадина ялт этиб унга боқди.

— Бирор марта ювиқсиз капгирда овқат қилганимни кўрганмидингиз?

— Кўрганман. Шунинг учун ҳам сўрадим. Қара, уйнинг аҳволини!.. Манави чангларни кўр!.. Шуниям келинли уй деб атайдиларми?..

Шерали йўқ жойдан баҳона қидириб бақирар, қўрқиб кетган Мадина зир югуриб шом маҳали тозалаб қўйган жойларни қайтадан супур-сидир қилар, ҳовлининг бир четида эса, Бувсара бу жанжалга мириқиб қулоқ тутарди…

 

* * *

 

Орадан уч-тўрт кун ўтиб акаси Шомирза мардикордан қайтиб келди. У эрта тонгда кириб келганда, Шерали эндигина уйқудан уйғониб ҳовлида юз-қўлларини чаяётганди. Акасининг овозини эшитиб даст ўрнидан турди.

Шомирза олдига қоқила-қоқила чопқиллаб келган Дилнозани даст кўтариб олди-да, эркалаб ўпа бошлади…

Бу Шерали учун нақ даҳшатнинг ўзи эди.

Ҳар гал акаси қизчани қўлига олганда юраги орқага тортиб, кўзлари чақнайверади. Бир томондан «билиб қолмасин-да», деган ваҳимали ўй миясини кемира бошласа, иккинчи томондан ўз пушти камаридан бўлган боласини у эмас, акаси эркалаётгани алам қилиб қўярди. Бироқ тез ўзини қўлга оларди. Билардики, у қизчани айнан акаси учун ҳадя қилган. Мана шу нарса Шералига таскин берар ва Шомирза билан аввалгидек муносабат юрита бошларди.

— Келмайсанми? — турган еридан бақирди Шомирза. — Нега қотиб қолдинг?.. Ё танимаяпсанми-а?

— Йўғ-э, — Шерали мажбуран кулимсираб қўлидаги сочиқни дорга илди-да, акасига пешвоз чиқди. — ота-бола кўришаётганларингни томоша қилаётгандим-да!

— Кел, укажон, сениям бағримга босай! — Шомирза қучоғини очди. — Мен йўғимда кеннойиларингдан кўз қулоқ бўлиб турасан, ахир! Йўқлигимни билдирмайсан!.. Яхшиям сен бор экансан пешонамда!..

Шерали бу гапни эшитди-ю, ғалати бўлиб кетди. Хаёлида худди акаси ҳамма гапдан хабар топган-у, атайин киноя қилаётгандек туюлиб кетди…

— Раҳмат, ака! — дея олди зўрға. — Яхши бориб келдингизми, ишқилиб?

— Зўр бўлди иш! — мақтанганнамо кўкрак кериб қўйди Шомирза. — Инсофли одамларга тушиб қолдим. Ишлаган ҳақимга қўшиб ҳам беришди.

— Хайрият… Энди… Кетмайсизми?..

— Ҳозирча йўқ. — деди Шомирза. — Уйларни сал тартибга келтирмасам бўлмайди…

Бувсара деразадан ака-уканинг суҳбатини эшитиб турарди. Эрининг кетмаслигидан хабар топгач, зарда билан деразани ёпди-да, ичкарига ўзини урди.

Чунки, у шу кеча Шерали билан учрашишни режалаштириб қўйганди…

 

* * *

 

«Бечора акам, — ўйларди Шерали орадан уч кун ўтиб яна Бувсара билан пахта экиладиган майдонда учрашиб қайтаркан. — Менинг аблаҳлигимдан, хиёнаткорлигимдан, сотқинлигимдан бехабар у. Мен бўлсам, бемалол бу ёруғ дунёда мана шу ҳаводан нафас олиб бемалол юрибман. Ахир, нега шундай қилаяпман? Икки ўт орасида қолиб кетдим-ку! Бувсара қучоғимга кирса, ёғдай эриб кетаман, ҳамма нарсани унутаман. Шу аёлга борлиғимни ҳадя этгим келаверади. Акам билан юзма-юз келганимда эса, виждон азобидан ўртана бошлайман. Нима ўзи бу?.. Нимага бошида ўйламадим? Акам фарзандли бўлсин деб оғир гуноҳга ботдим-ку! Бу гуноҳларимни Худо кечирармикан? Йўқ, кечирмайди. Мана, бугун ҳам акам уйда
849 viewsNo Name, 12:44
Ochish/sharhlash