Get Mystery Box with random crypto!

- Bugungi toyga rosa havasim keldii - deb kòzlari chaqnab gapi | 📚 Xayotiy Hikoyalar 📖 Rasmiy

- Bugungi toyga rosa havasim keldii - deb kòzlari chaqnab gapirardi Ruhsora

- Haa nimasini aytasan . Dekorasiyasiga gap yòq . Kelin kuyovni kòrmadinglarda . Men boya kelganda moralab kòrgandim . Uzukka kòz qoygandek biram bir birga moss - deya tolib toshib tariflardi Nigina

- Iloyim bahtli bolishsin - deya niyat qildi Nargiza...

- Haa omin aytganing kelsin guzalim , sizlargayam yuqsin - deb kuldi Madina ... Shu onda Madinaning telefoni bezovta jiringladi - Men hozir - deya chetka otib javob berdi

- A..loov Madina Dav..letova!!!
- Farruh Nizamov , shu mahalda nega qonģiroq qilyabsiz ?
- Qay..erdasiizzz ?
- Sizlab gapiryabsizmi ? Ichganmisiz ?
- HA-HA-HA , ichtim . Bòkib ichtim . Bugun qanday kunligini bilasanmi . Bilmaysan BILMAYSAN BILMAYSAN !!!
- Baqirmang . Qayerdasizzz ?
- Bilmayman... bilishni ham istamayman

- Janob buni menga bering - birdan Farruh tomondan ofitsiyant yigitning ovozi eshtildi - Iltimos bering , qolingizni kesib olasiz

- Tegma ! Yaqinlashma . Ket yuqol
- Farruh qayerdasiz ? Men boraman . Siz ayting . Qayerdasiz ?
- Rostan kelasanmi ? Rostan a ???
- Ha ha boraman . Qayerdasiz ?
- Men qayerdaman - deya oshqordi boyagi ofitsiyantga Farruh

- Janib siz * siz . Boldi . Kop ichdingiz . Bunisini qoying !

- SENGA TEGMA DEDIM . Madina eshtingmi ? Kelasanmi ?

- Ha hozir boraman . Hechqayerga ketib qolmang . !

Madina telefonni ochirib qizlar tomonga bordi va Nargizni chetka tortti

- Nima boldi ? Kim ekan qonģiroq qilgan ?

- Men ketishim kerak .. bu zarul . Kelgach barini bafurja tushuntirib beraman . Sòz beraman . Ammo hozir hechnarsa sòrama.. Nargiz ketishim shart .

- Shunchalik muhum bolsa mayli . Boraqol . Òzim orningni bildirmay turaman . Faqat keyin xabar berib qoy . Havotir olaman ...

- Hop , rahmat shirinim - Madina Nargizni mahkab baģriga bostida song narsalarini olib orqa eshiktan chiqib ketti . Orqa eshik oshxona tarafda joylashgan bolib u yerda asosan xizmat korsatadiganlar uchun edi ...



Birozdan song Nigina yigitim qonģiroq qilyabti deb tashqariga chiqib ketti ... Oshxonada esa hamma òz ishi bn band . Faqat Nargiza bn Ruhsora otirib qahva ichishardi ... Birdan yugurib kirgan Iroda opani korib ularning kapalagi uchti . Chunki Iroda opa vajohat bn kirib huddi hozir kimgadir tashlanadigandek qarab turardi

- Hozir kelin kuyov uchun tort olib boriladi . Mahsus bezatilgan pichoq qani ???? - oshxonadagi hamma bu ovozdan gangib keyin pichoq izlashga tushishdi ... Ruhsora pichoqni olib kelib patnisga qoydi ...

- Men olib boraman . Beraqol - Nargiza patnisni olib chiqib ketti ...

Davra ortasida 5 qavatli tort qad rostlab turardi... Kelin kuyovni esa yoshlar qurshab olishgandi ... Nargiza yigit va qizlar orasiga suqulib kirib ketti va patnistagi mahsus pichoqni joyiga qoymoqchi bolgan payt uni qolidan pichoqni olishdi ... Pichoqqa kim qol chozganini kòrish uchun boshini kòtarib qarshisiga qaradi ....

Ilk bor uni uchratgan payti ... uning gaplari , jahli , ģazabi , kulgusi , mazah qilishi , ayyorona qarashi , samimiy nigohi .... hammasi jo bolgan osha tun zulmatini eslatuvchi va Nargiza qaraganda faqat òz aksini kòruvchi nigohlar turardi uning qarshisida ...

Nargiza joyida qotib qoldi . Na gapirishni na yiģlashni na ketishni bilmasdi ... Jimgina toģrisida undan kòzlarini olib qochyotkan xiyonatkorga qarab turaverdi ...
" Bu tushmi ? Bunday bolishi mumkun emas ... Shoxrux akam menga bunday qilmaydi... U bunday qilmaydi... qilolmaydi ... "

Shoxrux Nargizani bu yerda kòrmayman deb oylagandi ... Ahir unga Toyhonada ishlashni man qilgandi ... Uni nafaqat bu yerda balki endi hayotida ham kòrmaslikka qaror qilgandi ... Ammo ... ammo taqdir oyinini qarangki hozir U qarshisida turibti ... Yosh tola kòzlari bn Shoxrux ga hayrat bn boqib turibti .... Shoxrux qanchalik kòzlarini undan olib qochmasin , ayni paytta unga talpinyotkan yuragini tohtata olmasdi ... Qalb oģriģini yengishi , chidashi kerakligini oylab tabassum qildi ...