Get Mystery Box with random crypto!

Telba hayollar...

Telegram kanalining logotibi xasantoyevanm — Telba hayollar... T
Telegram kanalining logotibi xasantoyevanm — Telba hayollar...
Kanal manzili: @xasantoyevanm
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-01-22 20:01:29
Magnus Karlsen o’z mag’lubiyatini tan olgan joyi.

Nodirbekning xotirjam va sokinligiga qoyil qolaman doim. Xuddi har kuni jahon chempionini yutib yurgandek :)


@xushnudbek
52 views17:01
Ochish/sharhlash
2023-01-20 05:30:28
72 views02:30
Ochish/sharhlash
2023-01-13 05:58:58 Juma muborak

@XasantoyevaNM
23 views02:58
Ochish/sharhlash
2023-01-09 21:27:25
(Tiniq kadrlarda bo'lmasada yomg'irni sog'ingan qalblar uchun)

Bugun bir narsani angladim (balki bu yana mening telba hayollarimdir)
... Qachon qaramay qancha e'tiborli bo'lishga harakat qilsamda soyabonimni yo'qotib qo'yaman. Aslida soyabonsiz yurishni yaxshi ko'raman, yomg'irni yaxshi ko'raman. Lekin shunga qaramay atrofdagilarga erish tuyilmasin uchun va ba'zan noqulay holatga tushmaslik uchun soyabon tutishimga to'g'ri keladi. Anglaganim shu bo'ldiki: Alloh men yaxshi ko'rganim-yomg'irim ostida (odamlar fikriga e'tibor bermay) sayr qilishligim uchun balki soyabonimdan ayirar, axir menga asli nima kerakligini U yaxshi biladi. Menga soyabon kerak bo'lganida uni albatta O'zi yuboradi

@XasantoyevaNM
12 viewsedited  18:27
Ochish/sharhlash
2023-01-06 06:41:39 Assalomu alaykum. Bugungi tongga yetganimiz uchun, yetkazgani uchun shukronalar bo'lsin.
Juma muborak

@XasantoyevaNM
21 views03:41
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:47:42 Oila davrasida bayramni xush va a'lo kayfiyatda kutib oling. Yangi yilimiz muborak bo'lsin

@XasantoyevaNM
25 views14:47
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:47:42 Qayerdadir o'qigandim, yoki qaysidir multfilmda eshitgandim : odamlar mo'jizaga, ezguliklarga ishonmay qo'ygan, shuning uchun yangi yil kelishiga qor ham yog'may qo'ygan. Mazmuni taxminan shunday edi. Bir necha yildirki yangi yilni qorsiz kutib olishga ko'nikib ham qolgan edik. Lek bugun juda go'zal bo'lib yog'di qorim. Demak mo'jizalar bor , ezgu amallar ham ko'paygan, deb quvondim telba hayollarim bilan...
Mana shukurkim yana bir yilni kuzatib, yangi yilni kutib olishlik baxtiga muyassar bo'lay deb turibmiz . Ha, yana BIR YILni ortda qoldirdik. Bu yilga qanday nom berishni bilmay qoldim. Quvonchli bir yil, baxtli onlar, saboqli, hikmatli, sinovli kunlar hammasi jamlangan edi bu bir yilda. Har bir voqeadan anglaganlarim qancha bo'ldi-yu, anglolmaganlarim hali bisyor. Ulg'ayganimiz sari mana shu Bir yil ham shu qadar qadrli bo'lib qolarkan...
2022-yil! Rahmat senga . Yaqinlarim , do'stlarim , mana shu bir yillik umrimda men bilan bo'lgan barcha-barchaga Rahmat hammasi uchun. Sizlarning borligingizdan minnatdorman
Kelayotgan Yangi yilimiz cheksiz Baxtlar, muvaffaqqiyatlar, orzularimiz ro'yobi, maqsadlarimiz va mehnatlarimiz mevasi bo'lib kelsin. Qalblar neki ezgu niyat qilgan bo'lsa, barcha-barchasi amalga oshsin. Xonadonlarimiz quvonchga, barakaga va fayzga to'la bo'lsin. Urushlar ham, kasalliklar ham barham topib mana shu yilda qolib ketsin. Mo'jizalarga va ezguliklarga ishoning .

@XasantoyevaNM
25 views14:47
Ochish/sharhlash
2022-12-30 05:37:52 Juma muborak Baxtlilarim

@XasantoyevaNM
31 views02:37
Ochish/sharhlash
2022-12-07 14:21:52 #mensevganqish

Mening sevimli qilishim kelganiga ham bir hafta bo'lib qolibdi-yu, hamon u haqda biror post joylay olmadim. Hayollarimda u haqda juda ko'p narsalarni o'yladim-u hech ularni jamlab yoza olmadim. Bugun darsda o'tirarkanman, derazadan shunaqangi chiroyli qish manzarasi: beg'ubor, betashvish yog'ayotgan qorimni ko'rib juda sevindim. Bu yil qishimiz saxiy keldi, shukur, qorini ayamayapti. Kunlar sovuq, yo'llar sirpanchiq, avtomobillar qatnovi qiyin (qishni yomon ko'radigan tanishlarimizdan so'rasak, yana bir qancha shikoyatlar, sabablar keltirib berishadi ) bo'lishiga qaramay qishni qanchalar yaxshi ko'rishimni xis qildim. Qo'llarim muzlab, sovqotsamda, qalin, qavat-qavat kiyimlar qo'pollik tug'dirsada, atrofimdagi norozi nigohlar qishning ustidan arz qilsada uni zarracha yomon ko'ra olmadim. Qorim shu qadar ohista, beparvo yog'ardiki uni yomon ko'rish shunchaki imkonsiz. O'zimcha qordan hikmatlar oldim
sen qanchalar oppoq, pok bo'lsangda seni yomon ko'radiganlar topiladi (buni avval o'qiganman, shunchaki qor bunga yaqqol misol ekan )
Biror narsaning yomon tomonini ko'ra olgan ekansan, yaxshiroq qara, yaxshi tomonini ham albatta topasan. Yomon tarafini o'ylab, siqilib, qiynalib yurgandan ko'ra, yaxshi tomonini topgin-u ana shu lahzadan zavq ol, yoki yomonni yaxshi tarafga aylantir
(Yo'lda ketarkanmiz avvaliga sirpanib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lib, qiynalib yurdik, keyin esa aksincha atay muz ustida sirpanib ucha boshladik, zavqlanib, manzilimizga ham tezroq yetib oldik )
Qaysidir faslni, yoki narsani, yoki insonlarni yaxshi ko'rishga majburlanmaydi. Qishni yomon ko'raman deganlarga qishning yaxshiligi haqida ming xil sabab keltirsakda ular uni yaxshi ko'rishga majbur emas
Men yaxshi ko'rgan qor mana hozir erib ketayapti. Men yaxshi ko'rganim uchun u abadiy qolishga majbur emas. Mayli u erisa ham men uni yaxshi ko'raman. Va kelgusida albatta meni quvontirib yana oppoq qor yog'ishiga ishonaman va umid qilaman

@XasantoyevaNM
17 views11:21
Ochish/sharhlash
2022-12-01 07:32:13 Qish kelganini darrov his ettiryapti. Kun juda sovuq ‍ . (Kulib yuradigan insonlarga qiyin ekan, tishimgacha muzlab ketdi ) Shunday bo'lishiga qaramay qalblaringizni iliq saqlang Baxtlilarim .
Yangi fasl, yangi oy, yangi maqsadlar, rejalar sari Olg'a

@XasantoyevaNM
26 views04:32
Ochish/sharhlash