Get Mystery Box with random crypto!

#mensevganqish Mening sevimli qilishim kelganiga ham bir haft | Telba hayollar...

#mensevganqish

Mening sevimli qilishim kelganiga ham bir hafta bo'lib qolibdi-yu, hamon u haqda biror post joylay olmadim. Hayollarimda u haqda juda ko'p narsalarni o'yladim-u hech ularni jamlab yoza olmadim. Bugun darsda o'tirarkanman, derazadan shunaqangi chiroyli qish manzarasi: beg'ubor, betashvish yog'ayotgan qorimni ko'rib juda sevindim. Bu yil qishimiz saxiy keldi, shukur, qorini ayamayapti. Kunlar sovuq, yo'llar sirpanchiq, avtomobillar qatnovi qiyin (qishni yomon ko'radigan tanishlarimizdan so'rasak, yana bir qancha shikoyatlar, sabablar keltirib berishadi ) bo'lishiga qaramay qishni qanchalar yaxshi ko'rishimni xis qildim. Qo'llarim muzlab, sovqotsamda, qalin, qavat-qavat kiyimlar qo'pollik tug'dirsada, atrofimdagi norozi nigohlar qishning ustidan arz qilsada uni zarracha yomon ko'ra olmadim. Qorim shu qadar ohista, beparvo yog'ardiki uni yomon ko'rish shunchaki imkonsiz. O'zimcha qordan hikmatlar oldim
sen qanchalar oppoq, pok bo'lsangda seni yomon ko'radiganlar topiladi (buni avval o'qiganman, shunchaki qor bunga yaqqol misol ekan )
Biror narsaning yomon tomonini ko'ra olgan ekansan, yaxshiroq qara, yaxshi tomonini ham albatta topasan. Yomon tarafini o'ylab, siqilib, qiynalib yurgandan ko'ra, yaxshi tomonini topgin-u ana shu lahzadan zavq ol, yoki yomonni yaxshi tarafga aylantir
(Yo'lda ketarkanmiz avvaliga sirpanib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lib, qiynalib yurdik, keyin esa aksincha atay muz ustida sirpanib ucha boshladik, zavqlanib, manzilimizga ham tezroq yetib oldik )
Qaysidir faslni, yoki narsani, yoki insonlarni yaxshi ko'rishga majburlanmaydi. Qishni yomon ko'raman deganlarga qishning yaxshiligi haqida ming xil sabab keltirsakda ular uni yaxshi ko'rishga majbur emas
Men yaxshi ko'rgan qor mana hozir erib ketayapti. Men yaxshi ko'rganim uchun u abadiy qolishga majbur emas. Mayli u erisa ham men uni yaxshi ko'raman. Va kelgusida albatta meni quvontirib yana oppoq qor yog'ishiga ishonaman va umid qilaman

@XasantoyevaNM