Get Mystery Box with random crypto!

Telba hayollar...

Telegram kanalining logotibi xasantoyevanm — Telba hayollar... T
Telegram kanalining logotibi xasantoyevanm — Telba hayollar...
Kanal manzili: @xasantoyevanm
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-06-03 04:31:15 #tong

Juma.....
Yomg'ir......

Jumaning fayz-u barakoti barchamizga yor bo'lsin. Go'zal boshlangan kunimiz savoblar bilan to'lib, gunohlardan poklanib, yog'ayotgan yomg'ir qalblarimizdagi g'uborlarni ham yuvib ketsin. Alloh panohida bo'ling.
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin
Jannatlarni tiladim Baxtlilarim

@XasantoyevaNM
208 viewsedited  01:31
Ochish/sharhlash
2022-06-01 05:36:09 #bolalik

Bolalik... Bu haqda gap boshlaganda har doim (insho yozsam ham, matn yozishda ham, xatto menimcha hozir ham bolalik haqida biror narsa so'rashsa shu ta'rifdan boshlasam kk) beg'uborlik deya ta'rif berardim. (Hozir o'ylasam o'zimiz bola bo'lib turib Bolalikka juda kelishtirib ta'riflar bergan ekanmiz ) Keyinchalik Tohir Malikning "Alvido,bolalik!" asarida berilgan ta'rif ham juda yoqqandi. (Lekin eslay olmadim..)
Haaaa. Bolaligimiz o'zgacha bir davr edi . Bolalikda vaqtimiz ham kooooo'pdek edi. Bir-birimizni samimiy yaxshi ko'rardik, zarra kibr yo'q edi bizda. Haaaa, Oramizda hamon bolaligini yo'qotmagan insonlar ham bor: sodda, samimiy, ishonuvchan va beg'ubor... Shundaylarning boriga shukur .
..... Lekin biz ulg'aydik. Endi biz qachonlardir biz "tezroq yetishishni istagan-Kattalarmiz". Katta bo'lishga nega bunchalar oshiqqanimiz? Bir narsa ayonki, biz kattalikda Eng baxtlisi, eng kuchlisi bo'la olardik . Demak bolalikka bergan va'damiz uchun Baxtli bo'lishimiz shart.
Ha biz ulg'aydik, lekin "qalblarimiz bolaligi"ni bayram qilamiz bugun. Barchamizga bayram muborak qalbi bolalarcha beg'ubor bo'lgan Baxtlilarim. Ishonavering, siz necha yoshga kirmang, qaysidir lahzalarda baribir o'sha beg'ubor "bolacha"ga aylanasiz.....

@XasantoyevaNM
178 views02:36
Ochish/sharhlash
2022-05-27 02:31:13 Juma muborak

@XasantoyevaNM
166 views23:31
Ochish/sharhlash
2022-05-25 07:29:55 25-may
179 views04:29
Ochish/sharhlash
2022-05-20 02:52:34 Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh. Juma ayyom barchamizga muborak bo'lsin. Alloh barchamizni suyukli bandalari qatoridan qilsin. Gunohlarimizni o'zi mag'firat aylab, ko'plab savoblar qilishlikni nasib aylasin
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin
Jannatlarni tiladim Baxtlilarim

@XasantoyevaNM
220 views23:52
Ochish/sharhlash
2022-05-06 04:18:01 Juma muborak

@XasantoyevaNM
289 views01:18
Ochish/sharhlash
2022-05-04 20:55:24 #Taassurot

Bu postni yozishni boshlaganimda ikki yonimda ulkan qoyalar, tabiatning chinakam mo'jizalarini oralab ketayotgan edim. Taassurotlarim cheksiz va cheksiz. Rosti shunday bir sayohatga muhtojligim bor edi....
Sayohatimiz yo'ldagi qip-qizil qizg'aldoqlarni tomosha qilishdan boshlandi. Har bir xis qilganlarimni yozsam yo men so'z topib bera olmayman, yoki topsamda ular tasvirlashga ojizlik qiladi
Shu qadar yuqorilab boraverdikki, "Hozir bulutlarni ushlaysizlar" deya bolalarcha beg'ubor so'zlayotgan xolamning gaplaridan zavqqa to'lib ketdim. Bulutlar aro suzayotgandim go'yo. Men sevgan o'sha osmonimga yaqinlashib borardik. Yo'ldagi ko'rgan barcha go'zalliklarni rasm, videolarga muxrlab olsam deb urinsamda kamera ojizlik qildi. Yuqoriga chiqqanimizda internet aloqalari uzildi. Avvaliga, do'stlarimga, yaqinlarimga bu yerdan lavhalar jo'nata olmayotganimga biroz afsuslanish bo'ldi. Keyin esa bunda ham bir yaxshilik borligini angladim....
Bu sayohat haqida aytadiganlarim ko'p edi. Juda uzun post qoldirmoqchi edim. Lekin ming marta gapirgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal deganlaridek buni har kim o'zi xis qilib ko'rishi kk. Ha aytgancha, biz borgan manzil Zomin tog'lari
Bizni kutib olgan Jizzahning mexmondo'st xalqi haqida aytmadim hali. Bu haqda alohida post qoldirsam kk.
Sayohatdan olgan zavq, energiyam, shijoat, g'ayratim kuchi qanchaga tatiydi bilmadim-u, lekin hammasi juda AJOYIB bo'ldi, Alhamdulillah!

@XasantoyevaNM
285 views17:55
Ochish/sharhlash
2022-05-02 16:31:32 Osmonim

@XasantoyevaNM
245 views13:31
Ochish/sharhlash
2022-05-02 05:05:04 Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh.
Bugungi ulug' ayyom Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! Shu kunlarga yetkazgan Allohga hamd-u sanolar bo'lsin. Mana shu o'tgan bir oy davomida har kim o'z ilmi qadar, imkoni qadar qilgan barcha ezgu amallarini Alloh dargohida ming chandon hayr-u savoblar bilan qabul qilgan, bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni kechirgan bo'lsin, qalbi va ruhi poklangan, Suyukli bandalari qatorida qilsin.
Jannatlarni tiladim Baxtlilarim

@XasantoyevaNM
250 views02:05
Ochish/sharhlash