Get Mystery Box with random crypto!

Qayerdadir o'qigandim, yoki qaysidir multfilmda eshitgandim : | Telba hayollar...

Qayerdadir o'qigandim, yoki qaysidir multfilmda eshitgandim : odamlar mo'jizaga, ezguliklarga ishonmay qo'ygan, shuning uchun yangi yil kelishiga qor ham yog'may qo'ygan. Mazmuni taxminan shunday edi. Bir necha yildirki yangi yilni qorsiz kutib olishga ko'nikib ham qolgan edik. Lek bugun juda go'zal bo'lib yog'di qorim. Demak mo'jizalar bor , ezgu amallar ham ko'paygan, deb quvondim telba hayollarim bilan...
Mana shukurkim yana bir yilni kuzatib, yangi yilni kutib olishlik baxtiga muyassar bo'lay deb turibmiz . Ha, yana BIR YILni ortda qoldirdik. Bu yilga qanday nom berishni bilmay qoldim. Quvonchli bir yil, baxtli onlar, saboqli, hikmatli, sinovli kunlar hammasi jamlangan edi bu bir yilda. Har bir voqeadan anglaganlarim qancha bo'ldi-yu, anglolmaganlarim hali bisyor. Ulg'ayganimiz sari mana shu Bir yil ham shu qadar qadrli bo'lib qolarkan...
2022-yil! Rahmat senga . Yaqinlarim , do'stlarim , mana shu bir yillik umrimda men bilan bo'lgan barcha-barchaga Rahmat hammasi uchun. Sizlarning borligingizdan minnatdorman
Kelayotgan Yangi yilimiz cheksiz Baxtlar, muvaffaqqiyatlar, orzularimiz ro'yobi, maqsadlarimiz va mehnatlarimiz mevasi bo'lib kelsin. Qalblar neki ezgu niyat qilgan bo'lsa, barcha-barchasi amalga oshsin. Xonadonlarimiz quvonchga, barakaga va fayzga to'la bo'lsin. Urushlar ham, kasalliklar ham barham topib mana shu yilda qolib ketsin. Mo'jizalarga va ezguliklarga ishoning .

@XasantoyevaNM