Get Mystery Box with random crypto!

#Taassurot Bu postni yozishni boshlaganimda ikki yonimda ulk | Telba hayollar...

#Taassurot

Bu postni yozishni boshlaganimda ikki yonimda ulkan qoyalar, tabiatning chinakam mo'jizalarini oralab ketayotgan edim. Taassurotlarim cheksiz va cheksiz. Rosti shunday bir sayohatga muhtojligim bor edi....
Sayohatimiz yo'ldagi qip-qizil qizg'aldoqlarni tomosha qilishdan boshlandi. Har bir xis qilganlarimni yozsam yo men so'z topib bera olmayman, yoki topsamda ular tasvirlashga ojizlik qiladi
Shu qadar yuqorilab boraverdikki, "Hozir bulutlarni ushlaysizlar" deya bolalarcha beg'ubor so'zlayotgan xolamning gaplaridan zavqqa to'lib ketdim. Bulutlar aro suzayotgandim go'yo. Men sevgan o'sha osmonimga yaqinlashib borardik. Yo'ldagi ko'rgan barcha go'zalliklarni rasm, videolarga muxrlab olsam deb urinsamda kamera ojizlik qildi. Yuqoriga chiqqanimizda internet aloqalari uzildi. Avvaliga, do'stlarimga, yaqinlarimga bu yerdan lavhalar jo'nata olmayotganimga biroz afsuslanish bo'ldi. Keyin esa bunda ham bir yaxshilik borligini angladim....
Bu sayohat haqida aytadiganlarim ko'p edi. Juda uzun post qoldirmoqchi edim. Lekin ming marta gapirgandan ko'ra bir marta ko'rgan afzal deganlaridek buni har kim o'zi xis qilib ko'rishi kk. Ha aytgancha, biz borgan manzil Zomin tog'lari
Bizni kutib olgan Jizzahning mexmondo'st xalqi haqida aytmadim hali. Bu haqda alohida post qoldirsam kk.
Sayohatdan olgan zavq, energiyam, shijoat, g'ayratim kuchi qanchaga tatiydi bilmadim-u, lekin hammasi juda AJOYIB bo'ldi, Alhamdulillah!

@XasantoyevaNM