Get Mystery Box with random crypto!

#bolalik Bolalik... Bu haqda gap boshlaganda har doim (insho | Telba hayollar...

#bolalik

Bolalik... Bu haqda gap boshlaganda har doim (insho yozsam ham, matn yozishda ham, xatto menimcha hozir ham bolalik haqida biror narsa so'rashsa shu ta'rifdan boshlasam kk) beg'uborlik deya ta'rif berardim. (Hozir o'ylasam o'zimiz bola bo'lib turib Bolalikka juda kelishtirib ta'riflar bergan ekanmiz ) Keyinchalik Tohir Malikning "Alvido,bolalik!" asarida berilgan ta'rif ham juda yoqqandi. (Lekin eslay olmadim..)
Haaaa. Bolaligimiz o'zgacha bir davr edi . Bolalikda vaqtimiz ham kooooo'pdek edi. Bir-birimizni samimiy yaxshi ko'rardik, zarra kibr yo'q edi bizda. Haaaa, Oramizda hamon bolaligini yo'qotmagan insonlar ham bor: sodda, samimiy, ishonuvchan va beg'ubor... Shundaylarning boriga shukur .
..... Lekin biz ulg'aydik. Endi biz qachonlardir biz "tezroq yetishishni istagan-Kattalarmiz". Katta bo'lishga nega bunchalar oshiqqanimiz? Bir narsa ayonki, biz kattalikda Eng baxtlisi, eng kuchlisi bo'la olardik . Demak bolalikka bergan va'damiz uchun Baxtli bo'lishimiz shart.
Ha biz ulg'aydik, lekin "qalblarimiz bolaligi"ni bayram qilamiz bugun. Barchamizga bayram muborak qalbi bolalarcha beg'ubor bo'lgan Baxtlilarim. Ishonavering, siz necha yoshga kirmang, qaysidir lahzalarda baribir o'sha beg'ubor "bolacha"ga aylanasiz.....

@XasantoyevaNM