Get Mystery Box with random crypto!

Kafillikdan chiqish mumkinmi?  Kredit olish uchun sizdan kafi | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Kafillikdan chiqish mumkinmi? 

Kredit olish uchun sizdan kafil bo‘lishingizni so'rashganda yo'q deya olmay rozi bo‘ldingiz. Ammo vaziyat biroz o‘zgarib, kafil bo‘lishdan bosh tortmoqchisiz. 

Kafil bo‘lishni rejalashtirganlar shuni bilishlari kerakki, bank bilan shartnomani faqatgina qarz oluvchi va kreditorning roziligi bilan bekor qilish mumkin, biroq bank va qarz oluvchi ko‘p hollarda bunga rozi bo‘lmaydi.

Kafillik qachon bekor qilinishi mumkin?

kreditor oldidagi majburiyat to‘liq bajarilganligida;
majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa);
kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o‘tkazganda.

Agar yaqin kelajakda kafil bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, kredit olgan shaxs bilan birdek mas’ul va javobgar ekanligingizni unutmang!