Get Mystery Box with random crypto!

O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma. Raqamli tex | Xalq Banki | Rasmiy kanal

O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma.

Raqamli texnologiyalar asrida bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlikning bir necha usullari mavjud bo‘lib, shulardan fishing tanlov va meros firibgarligidir.

Fishing tanlovlar - bu ijtimoiy tarmoqlarda soxta tanlov va yutuqli sovg‘alar o‘yinini tashkil qilish. "Qurbonlar" e'tiborini tortish uchun yutuqqa avtotransport vositasi yoki so‘nggi rusumli mobil aloqasi qo‘yiladi. So‘ngra ishtirokchilarni “Siz g‘olib bo‘ldingiz" deya tabriklab, ularning maxfiy ma'lumotlari (bank kartasi, shaxsiy hisob raqamining login va parollari) ni olishga harakat qilinadi.

Meros firibgarligida esa jabrlanuvchi nomiga chet eldagi "qarindosh"idan katta miqdordagi meros qoldirilganligi xabar beriladi. Shundan so‘ng, rasmiylashtirish hamda dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish uchun bank kartasiga oid maʼlumotlar so‘raladi.

Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz!

---
Facebook | Instagram | Telegram