Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Eldor akaning mana bu, mana bu va mana bu postlarini o'q | Ватанпарвармас

Bugun Eldor akaning mana bu, mana bu va mana bu postlarini o'qidingiz. Bundan orttirib biror ilmiy qarash keltira olmasamda, o'z fikrlarim bilan bir oz o'rtoqlashsam.

Gap shundaki, millatchilik va xalqlarning o'z erkini o'zi tanlash g'oyasi mintaqaga XX asrda kommunizm bilan birga kirib keldi va uning homiysi Lenin edi. Lenin barchani ushbu g'oyaga ishontira oldi va keyinchalik tuzilgan SSSR konstitusiyasida ham Ittifoq respublikalariga ajralish huquqi de yure bor edi.

Milliy hududiy chegaralanish natijasida millatga (tilga qarab) qarab respublikalar tuzildi va shu tariqa O'zbekiston, Qizrg'iziston (hozirgi Qozog'iston), Turkmaniston, Qora Qirg'iz (hozirgi Qirg'iziston), Tojikiston kabi davlatlar vujudga keldi. Shu yillarda dastlab Rossiya tarkibida Qoraqalpoq avtonom viloyati tuzildi, bu viloyat keyinroq Qozog'istonga, undan keyin esa O'zbekiston tarkibiga qo'shildi. Shu tariqa qoraqalpoqlar hozirgi O'zbekiston Respublikasi hududida bo'ldi. Bu hammasi Sovet davridagi chegaralanish siyosati oqibatida yuzaga kelgan geosiyosiy jarayon.

Ma'lumki, Rossiya imperiyasi Xorazm va Buxoroni mustamlakaga aylantirganda (protektorat maqomida) Xorazmning bosib olingan yerlarida Amudaryo okrugini tashkil qilgan edi. Bu hududlarda o'zbeklar bilan birga qoraqalpoqlar ham yashab kelar edi. Shu tariqa, bu hudud keyinchalik Qoraqalpoq avtonom viloyati, keyinchalik Qoraqalpog'iston avtonom respublikasiga aylandi.

Milliy davlatlar yaratilganda Sovet davrida milliy tarixlarni yozish juda avj olib ketgan. Bunda har bir millat o'zini juda qadim xalqlarga bog'lashga harakat qilgan. Bunda sovet tarixchilari ham hissa qo'shgan. Jumladan, arxeolog Tolstov qoraqalpoqlarni sak-massagetlarga bog'lagan. Eng qizig'i, mintaqadagi barcha o'zini shu xalqlarga bog'lashga harakat qiladi. Bu endi alohida mavzu.


@ostonovminbari