Get Mystery Box with random crypto!

'-Yolgʻizlik qiyin emasmi ey Abu Zar? -Odamlar undan ham qiyi | Vasliddin Jamoliddinov

"-Yolgʻizlik qiyin emasmi ey Abu Zar?
-Odamlar undan ham qiyin..."

1. Oʻylab koʻrganmisan, doim senga atrofdagilarni fikri qiziq. Bunday kiyinsam, bu ishni qilsam, bu ishda ishlasam, oila qursam, toʻyini ixchamroq oʻtkazsam, bunday yashasam odamlar nima deydi, deb yashaysan.
Odamlarni fikri ham, atrofingda boʻlishi ham vaqtinchalik.

2. Sen atrofdagilaringga doim nimang bilandir kerak boʻlasan. Boshqalarda boʻlmagan nimadir senda bor, shuning uchun ular hozir sening yoningda. Ularga sening kayfiyating, sharoiting, hozirgi hayoting qiziq emas.

3. Kimgadir puling uchun, kimgadir kasbing uchun, kimgadir ilming uchun, yana kimgadir boshqa nimangdir uchun hozircha keraksan.
Shuni bilki shu narsa sendan yoʻqolsa, odamlar ham sendan uzoqlashadi.

4. Qisqasi, odamlar fikri va ular haqida koʻp ham oʻylayverma. Ular bir kuni seni baribir tark etishadi.
Oʻzingni oʻzing hurmat qil. Odamlar bilan munosabat qonunlari shunday, manfaatdorlik hech qachon yoʻqolmaydi.

5. Sen oilang va oʻzing uchungina ishla va yasha. Sen bilan faqat oilang va oʻzing qolasan, qolganlar esa bir kuni seni tark etadi yoki sen tark etasan.

P.S. -Брат shuning uchun узкий круг da sanoqli insonlar bilan samimiy doʻst ekansiz-da?
Lekin dunyoda hamma siz yozib tashlaganchali emasku?
-Toʻgʻri aytasan, samimiy insonlar borligi uchun ham doʻstlik, muhabbat tushunchalari hamon qadrli. Shunday insonlaring boʻlsa qadrla, ularni takror takror uchratavermaysan.

@Vasliddin_blog