Get Mystery Box with random crypto!

Seni boringcha qabul qilgan haqiqiy doʻstmi? 1. Seni bu dunyo | Vasliddin Jamoliddinov

Seni boringcha qabul qilgan haqiqiy doʻstmi?

1. Seni bu dunyoda boringcha faqat ota-onang qabul qiladi.
Boshqalar seni boringcha qabul qilishyaptimi, bu yerdan soxtalikni isi keladi, ishonaver. Ijtimoiy tarmoqdagi "Boringcha qabul qiladigan doʻst" haqidagi fikrlarda ham soxtalik ufurib turibdi.

2. Koʻchadagi ulfatlaringdan "haqiqiy doʻst" tushunchasi ancha uzoq.
Haqiqiy doʻst sen qanday boʻlsang shunday qolishingga rozi boʻlmaydi. Haqiqiy doʻst seni doim rivojlanishingni, oʻsishingni, imonli boʻlishingni xohlaydi. Qilgan xatolaringni yuzingga aytadi va gunoh qishingga jima qarab turmaydi.


3. Hayotda doim bir xil qolaman degan inson yutqazadi.
Borimcha qabul qil, boʻlishim shu deyish aybini tan olish emas koʻproq berkitishga oʻxshaydi.

4. Sen oʻylab koʻrganmisan: doʻstlaring bilan nega birga vaqt oʻtkazasan?
Ulardan bilim, tarbiya, ziyo olayotganing uchunmi yoki ular ham rivojlanmaganligi tufayli senga ular bilan vaqt oʻtkazish qulayligigami?

5. Doʻstlardan oʻrganish va oʻzingda borini ularga berish kerak. Qaysidir doʻstlarim menga shunday qilganligi uchun ham men hozir ulardan oʻta minnatdorman.

P. S.
- Borimcha qabul qilgan doʻstlarimdan kechishim kerakmi брат shunda?
- Yoʻq, postni yaxshi tushunmabsan.
Sen atrofingdagilarni yigʻindisan. Atrofingda sen bilan qarashlari bir xil insonlar yigʻiladi.
Qarashlaringni oʻzgartirsang qolgani oʻzi saralanib qoladi.

@Vasliddin_blog