Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt kelmaydi, doim ketadi Bu kun haqida hech oʻylab koʻrganm | Vasliddin Jamoliddinov

Vaqt kelmaydi, doim ketadi

Bu kun haqida hech oʻylab koʻrganmisan?

1. Bu kun ham odamlar erta tongdan oʻz hayot tashvishida oʻqishga, ishga shoshilgan, hamma oʻzi bilan oʻzi ovora boʻladi.

2. Bu kun ham hamma jahon chempionatidagi gollarni muhokama qilayotgan, hayotidagi eng yaxshi jahon chempionati 2006-yildami yoki 2022-yilda boʻlganini tortishayotgan boʻladi.

3. Bu kun ham odamlarga nimadir yetishmayotgan, kimdir gazdagi "очередь"dan, kimdir kam oyligidan, doʻstlaridan nolib yurgan boʻladi.

4. Kim uchundir bu kun hayajonli, unutilmas, baxtli, stressli, omadli yoki yomon boʻladi, har doim boʻlib kelganidek. Xuddi sening bugungi kuning kabi...

Ammo bu kun sen bu dunyoda boʻlmaysan.

Hayotni oʻzgartiruvchi sehrli retseptni kutib yashama. Ogʻzingni toʻldirib mening ham davrim keladi deysan.
Qachon?
Toʻgʻri maqsadlaringda xayrli ishlar bor.
Ota-onangni Hoji qilmoqchisan
Masjid qurdirmoqchisan
Insonlarga yordam bermoqchisan...
Bu yotishingda aytganlaring qachon amalga oshadi, turib aqalli masjid uchun bitta gʻisht qoʻymasang.

Sening eng katta imkoniyating bu – tiriklik. Hammaning oʻz vaqti bor, seniki esa hozir.

P. S. Avvallari bu kun haqida koʻp oʻylardim.
Hozir esa xuddiki hech qachon oʻlmaydigandek yashayapman shekilli.

@Vasliddin_blog