Get Mystery Box with random crypto!

Yoshing 20 dan oshdi, Sen haliyam sevgi va muhabbatga ishonib | Vasliddin Jamoliddinov

Yoshing 20 dan oshdi,
Sen haliyam sevgi va muhabbatga ishonib yashayapsan

- Bir qarashda hammasi ajoyib.
Seni u tushunadi, sen uni tushunasan.
Xuddiki bir biring uchun yaratilgansan.
Ikki tomonida kech kuzda sargʻaygan daraxtlar bilan qoplangan hech tugamas yoʻl boʻlsa, qoʻl ushlashib ketaverishsang.
Balki mayin kuz yomgʻirini ham "заказ" qilarmiz.
U boʻlsa bas. Boshqa hech narsa kerak emas.

- Uka esingni yigʻib ol. Muhabbat qissasini koʻrgan kontinentlaring, oʻqigan kitoblaring, eshitgan musiqalaringa asoslanib yozib tashlama.

- Sen hozir oʻtish yoshidasan. Hayotingni shu vaqtini qanday oʻtkazishing keyingi hayotingni qanday boʻlishiga juda katta taʼsir qiladi. Samolardan balandda yuravermasdan yerga tush.

- Yoʻq, men muhabbatga ishonmaganimdan gapirmadim. Muhabbatni zoʻri oilada boʻladi.
Muhabbatni zoʻri Allohga, Paygʻambarimiz Muhammad (S.A.V.) ga, Ota-onaga, jigarlaringa boʻladi. Ortganini yoringga berasan.

- Shu qadar muhabbating joʻshib ketayotgan boʻlsa sovchi yuborib haloling qilib ol.
(Ha aytgancha, ustozlar maslahatini ham unutma: Dunyoni oʻzgartirmoqchi boʻlsang uylanishdan avval oʻzgartir, uylangach televizordagi kanalni ham boshqasiga oʻzgartira olmaysan.)

- Boltavoy akani qizi bilan gaplashishni yigʻishtir, oʻzing ham bilasan baribir unga uylanmaysan. Uylanish vaqti kelganda boshqa qadriyatdagi qizni izlab qolasan.

Unutma: Solihalar solihlar uchundir.

@Vasliddin_blog