Get Mystery Box with random crypto!

UzReport.news

Telegram kanalining logotibi uzreport_uz — UzReport.news U
Telegram kanalining logotibi uzreport_uz — UzReport.news
Kanal manzili: @uzreport_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 47.06K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston va dunyo yangiliklari
https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.
Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz
Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz
Qayta aloqa uchun: @UzReportbot
Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2023-05-11 18:02:46
Bokschilarimiz medallar soni boʻyicha rekordni yangilashdi. Endi navbat sifatga

Batafsil
https://uzreport.news/sports/bokschilarimiz-medallar-soni-bo-yicha-rekordni-yangilashdi-endi-navbat-sifatga

@uzreport_uz
12.7K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-05-11 17:31:25
Farg'onada telefon orqali noqonuniy diniy mazmundagi materiallarni tarqatgan shaxs 900 ming so'm jarimaga tortildi

Batafsil
https://uzreport.news/society/fargonada-telefon-orqali-noqonuniy-diniy-mazmundagi-materiallarni-tarqatgan-shaxs-aniqland

@uzreport_uz
12.8K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-05-11 17:02:41
Ekopartiya prezidentlikka nomzodini e’lon qildi

Batafsil
https://uzreport.news/politics/ekopartiya-prezidentlikka-nomzodini-e-lon-qildi

@uzreport_uz
12.4K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:31:39
Bayden: AQShda yuz berishi mumkin bo'lgan defolt butun dunyo uchun muammolar olib keladi

Batafsil
https://uzreport.news/world/bayden-aqshda-yuz-berishi-mumkin-bolgan-defolt-butun-dunyo-uchun-muammolar-olib-keladi

@uzreport_uz
11.9K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:31:29
Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.

Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani taʼkidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini taʼminlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini taʼminlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

- @uzreport_uz -
11.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:00:01
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Batafsil
https://uzreport.news/society/toshkentdagi-ko-p-qavatli-uylardan-birida-yong-in-sodir-bo-ldi

@uzreport_uz
9.7K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:41:14
Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko‘mirda isitish loyihasini boshlagan.

Loyiha doirasida ko‘mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.

Ko‘mirga talab shu yilning o‘zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun “Angren” ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Sharg‘un ko‘mir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta ko‘mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.

- @uzreport_uz -
9.9K views12:41
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:28:06 ​​Yig‘ilishda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, yuklama oshib ketishi natijasida ularning ishdan chiqishini oldini olish choralarini o‘z vaqtida ko‘rib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmog‘i va 10 mingta transformatorni mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish topshirildi.

Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion so‘m ajratildi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.

Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratish topshirildi.

1 avgustga qadar 2023 yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinadi.

Shuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 million kub metrga ko‘p gaz yetkazib berishni ta’minlash, 1 iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratish topshirildi.

Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste’moliga barham berish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.

- @uzreport_uz -
9.2K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:17:02
AFC Asian Cup Qatar 2023 Final Draw

Futbol bo‘yicha Oʻzbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi.

“B” guruhida joy olgan barcha jamoalar:

Avstraliya
Oʻzbekiston
Suriya
Hindiston

@uzreport_uz
8.7K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:16:53 ​​Mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan. Ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

- Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;

- xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensasiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, "yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1 iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1 oktyabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.
8.4K views12:16
Ochish/sharhlash