Get Mystery Box with random crypto!

Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtal | UzReport.news

Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko‘mirda isitish loyihasini boshlagan.

Loyiha doirasida ko‘mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.

Ko‘mirga talab shu yilning o‘zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun “Angren” ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Sharg‘un ko‘mir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta ko‘mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.

- @uzreport_uz -