Get Mystery Box with random crypto!

Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barc | UzReport.news

Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.

Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani taʼkidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini taʼminlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini taʼminlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

- @uzreport_uz -