Get Mystery Box with random crypto!

​​Yig‘ilishda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uz | UzReport.news

​​Yig‘ilishda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, yuklama oshib ketishi natijasida ularning ishdan chiqishini oldini olish choralarini o‘z vaqtida ko‘rib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmog‘i va 10 mingta transformatorni mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish topshirildi.

Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion so‘m ajratildi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.

Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratish topshirildi.

1 avgustga qadar 2023 yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinadi.

Shuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 million kub metrga ko‘p gaz yetkazib berishni ta’minlash, 1 iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratish topshirildi.

Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste’moliga barham berish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.

- @uzreport_uz -