Get Mystery Box with random crypto!

Hayot davomida o‘qish

Telegram kanalining logotibi uzluksiz_rivojlanish — Hayot davomida o‘qish H
Kanaldagi mavzular:
Onlayn
Telegram kanalining logotibi uzluksiz_rivojlanish — Hayot davomida o‘qish
Kanaldagi mavzular:
Onlayn
Kanal manzili: @uzluksiz_rivojlanish
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 66.55K
Kanalning ta’rifi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-04-18 10:31:47
British Council courses / Britaniya Kengashi kurslarida o‘qish malaka oshirishda qanday ustuvorlik beradi?

Batafsil ma'lumot olish uchun ...

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
14.7K viewsedited  07:31
Ochish/sharhlash
2024-04-15 19:31:00 QAYSI PEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?

DIQQAT!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti informatika fani o‘qituvchisi huquqini berish bo'yicha pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi

Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:

Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari (5 yillik)
Matematik-injener (5 yillik)
Fizika va elektronika (5 yillik)
Kompyuter texnologiyalari va informatika ta’lim sohasi
Elektronika va mikroelektronika
Telekommunikatsiya
Axborot xavfsizligi
Aloqa boshqarish

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67(2)

Savol va takliflaringizni telegram orqali https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
17.8K views16:31
Ochish/sharhlash
2024-04-09 07:42:28
#xotira

Bugun, 9-aprel – Amir Temur tavalludining 688 yilligi

Amir Temur hayoti haqidagi manbalar:


G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islomninng Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi xotiralari

Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari

Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari

Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari

Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralari

Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur elchisi sifatida yuborilgan Iaonning “Temur hayoti va saroyi” xotiralari va hokazo.
20.9K views04:42
Ochish/sharhlash
2024-03-30 17:05:42
#AYNI_DAMDA

Sirdaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 12- martdagi 77-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarga asoslangan onlayn malaka oshirish kurslari uchun video kontentlar tayyorlash jarayonidan lavhalar.

Sirdaryo pedagogika markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Website
| YouTube
15.7K views14:05
Ochish/sharhlash
2024-03-29 08:31:38 Sinf rahbariga belgilangan mezonlar to‘g‘risida bilasizmi?

Sinf rahbari


kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;

maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borishi;

odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la olishi;

ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan; - o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga masʼuliyat bilan yondasha olishi lozim.

Shuningdek,

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.

O‘rta va yuqori sinflarda sinf rahbarining o‘zi taʼlim beradigan fani doirasida ham o‘quvchilari bilan yaqindan ishlashini inobatga olgan holda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishni talab etadigan fan o‘qituvchilari hamda o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga sinf rahbarligini biriktirish maqsadga muvofiq emas.

Bundan tashqari, bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, sinf rahbari mezonlari Xalq taʼlimi vazirining 2021- yil 22-fevraldagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
24.9K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-03-27 13:59:12 №SO‘ROVNOMA (Texnologiya)

https://forms.gle/PniqExFu2sv9WuDYA

Hurmatli ustoz!
Texnologiya fanini o‘qitish metodikalarini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun mazkur fan o‘qituvchilarining fikrini o‘rganish juda muhim.
Shu bois Sizdan quyida keltirilgan so‘rovnomada ishtirok etish orqali o‘z fikrlaringizni bildirishingizni so‘raymiz.
20.5K views10:59
Ochish/sharhlash
2024-03-26 03:31:52
Maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirishi bo‘yicha Finlyandiya 1-o‘rinda turadi

Finlyandiya taʼlim tizimi, taʼlim reytingi, baholash tartibi, taʼlim o‘quv dasturi, shuningdek, Finlyandiya taʼlim statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning 100 foizi davlat maktablariga boradi.

Finlyandiyada xususiy maktab tizimi yo‘q. Mamlakat aholisining 90 foizi maktab taʼlimi darajasiga ijobiy munosabatdadir.

Finlar yalpi ichki mahsulotning 6,84 foizini taʼlimga (dunyoda 17-o‘rin) sarflaydi.

Boshlang‘ich maktabda fin o‘qituvchisiga – 13,7 o‘quvchi, kattalarda esa – 9,5 o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Finlyandiya maktablari bitiruvchilarining 70,4 foizi (dunyoda 1-o‘rin) oliy o‘quv yurtlariga kirishadi.

10 yoshli fin maktab o‘quvchilari yiliga o‘rtacha 684 soat o‘qiydilar. Barcha bolalar teng huquqlidir. Maktabda tijorat bilan shug‘ullanish taʼqiqlangan.

Maktab kitoblari, jihozlari bepul va maktab tushliklari bepul.

O‘quv yili 190 ish kunidan iborat. Maktab taʼlimi faqat kunduzi, yaʼni, 1 smenada olib boriladi, shanba va yakshanba kunlari maktablar ishlamaydi.

O‘qituvchining ish kuni soat 8-00 dan 15-00 gacha davom etadi. Maktabni tugatish imtihonlari ixtiyoriydir. Nazorat va oraliq imtihonlari o‘qituvchining ixtiyorida hisoblanadi.

Finlyandiyada maktab o‘qituvchisining o‘rtacha ish haqi miqdori oyiga 2500 yevrodir (to‘liq kunlik o‘qituvchi). Mobil o‘qituvchilarniki esa taxminan 2 barobar kamroq.

Finlyandiyadadagi 120 ming maktab o‘qituvchilari orasida fan magistri yoki o‘z fanidan professor ilmiy unvoniga ega bo‘lmagan birorta ham pedagog yo‘q.

Finlyandiya o‘quvchilari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Fin tilini maktabdagi birinchi kunidanoq o‘rganadilar. 9 yoshida ular Finlyandiyaning ikkinchi tili bo‘lgan shved tilini, 11 yoshida ular uchinchi tillarini ingliz tilini, ko‘p o‘quvchilar hatto 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganishni boshlaydilar. Ular faqat o‘rta maktab oxirida yakuniy imtihonda dastlabki ikki til bo‘yicha sinovdan o‘tadilar.

Maqsadingizga eltuvchi kanal albatta obuna bo‘ling!
19.2K views00:31
Ochish/sharhlash
2024-03-21 10:43:49
Navro'z umumxalq bayrami barchangizga muborak bo'lsin!
14.6K viewsedited  07:43
Ochish/sharhlash
2024-03-15 09:00:02 Bolaning yozuviga qarab, uning ayrim xususiyatlarini aniqlash

Yozuvning qiyaligi
– oʻngga yotgan : yangi doʻstlar orttirishni va suhbatlarni yoqtiradi;
– toʻgʻri yozuv: odatda emotsiyalarini yashirib yuradi;
– chapga yotgan: yolgʻiz ishlashni yoqtiradi.

Hajmi
– katta: ochiq shaxsiyat egasi;
– oʻrta: moslashuvchan va vazmin;
– kichik: diqqatni oson jamlay oladi.

Soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirishga qarab
– katta joy tashlab yozish: erkinlikni sevadi, gavjum joylarni xush koʻrmaydi;
– bir-biriga yaqin yozish: yolgʻizlikni yomon koʻradi.

Bosim
– bosib yozish: masʼuliyatli, ammo qaysar;
– yengil yozish: sezgir, biroq gʻayrat yetishmaydi.

Aniqlik
– tushunarsiz yozuv: sirli shaxs va tez fikrlovchi.
– aniq yozuv: oʻziga ishongan va tinch

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
27.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-03-13 14:24:16
#bilasizmi

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshlang'ich ta'limning davom etish yillari mamlakatlarga qarab farq qiladi. Mana bir nechta misollar:

1. Avstraliya: 7 yil
2. Kanada: 6 yil
3. Fransiya: 5 yil
4. Germaniya: 4 yil
5. Yaponiya: 6 yil
6. Buyuk Britaniya: 5-6 yil
7. Amerika Qo'shma Shtatlari: 6 yil
8. Finlandiya: 6 yil

Shuni ta'kidlash kerakki, bu raqamlar har bir davlatda amalga oshirilayotgan muayyan ta'lim tizimi va siyosatiga qarab farq qiladi. Bundan tashqari, ba'zi mamlakatlarda boshlang'ich ta'limdan tashqari qo'shimcha majburiy ta'lim yillari ham bo'lishi mumkin.

internet materiallari asosida tayyorlandi

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
17.5K views11:24
Ochish/sharhlash