Get Mystery Box with random crypto!

Sinf rahbariga belgilangan mezonlar to‘g‘risida bilasizmi? Si | Hayot davomida o‘qish

Sinf rahbariga belgilangan mezonlar to‘g‘risida bilasizmi?

Sinf rahbari


kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;

maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borishi;

odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la olishi;

ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan; - o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga masʼuliyat bilan yondasha olishi lozim.

Shuningdek,

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.

O‘rta va yuqori sinflarda sinf rahbarining o‘zi taʼlim beradigan fani doirasida ham o‘quvchilari bilan yaqindan ishlashini inobatga olgan holda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishni talab etadigan fan o‘qituvchilari hamda o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga sinf rahbarligini biriktirish maqsadga muvofiq emas.

Bundan tashqari, bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, sinf rahbari mezonlari Xalq taʼlimi vazirining 2021- yil 22-fevraldagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.