Get Mystery Box with random crypto!

Hayot davomida o‘qish

Telegram kanalining logotibi uzluksiz_rivojlanish — Hayot davomida o‘qish H
Telegram kanalining logotibi uzluksiz_rivojlanish — Hayot davomida o‘qish
Kanal manzili: @uzluksiz_rivojlanish
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67.13K
Kanalning ta’rifi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-01-30 18:05:38
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz

Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
72.3K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-01-21 17:35:59
Texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash


Kimlar o'qishi mumkin


Fizika va astronomiya o‘qituvchisi
Fizika o‘qitish metodikasi
Tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
Kasb ta’limi (Ishlab chiqarish va texnik bilim sohasi)
Kasb ta’limi (Qishloq xo‘jaligi texnikasi ta’lim soha)
Defektologiya (Oligofrenopedagogika)
Kasb ta’limi (Dizayn (turlari bo‘yicha), Servis)
Kasb ta’limi (Muhandislik ishi ta’lim sohasi)
Kasb ta’limi (Transport ta’lim sohasi)
Kasb ta’limi (Amaliy san’at)


Murojaat uchun:
71-246-90-94
55-508-06-67 (ichki raqam - 2)
Ko'proq ma'lumot olish uchun:
@avloniyqaytatayyorlov kanaliga obuna bo'ling.
103.9K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-01-15 13:53:57
Diqqat!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul boshlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq mustaqil izlanuvchilikka qabul eʼlon qilinadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul 2024-yil 15-yanvar, yaʼni bugundan boshlandi.

Milliy-tadqiqot institutida 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07-Taʼlimda menjement ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatda ishtirok etish uchun hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

Qabul joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
107.5K viewsedited  10:53
Ochish/sharhlash
2024-01-13 16:00:44 Kreativ tafakkurni shakllantiruvchi dars o'tish metodi

"Xayolparast, realist va tanqidchi"
rolli o'yini

Muayyan muammoni uch xil pozitsiyadan - xayolparast, realist va tanqidchi nazaridan qarab, uni hal qilish kerak bo'lgan dars usuli.

O'quvchilar dastlab xayolparast obraziga kiradilar va eng g'aroyib g'oyalarni tuzadilar, mavzu yuzasidan o'z takliflarini aytadilar.

Keyingi bosqichda barcha o'quvchilar pragmatist bo'lishadi, muammoni hal qilish uchun aniq birlashtirilgan harakatlar rejasini tuzishadi va bir necha bor o'ylab ko'rishadi, achchiq haqiqatni tan olib,unga ko'ra yechim berishadi.

Uchinchi bosqichda, o'quvchilar bahslashib, tanqidiy fikrlaydi va taklif qilingan g'oyalardan xatolarni topadi.

Tavsiya:

Rollarni bir nechta odamlarga taqsimlash mumkin yoki ularning har birini bir o'quvchida sinab ko'rish ham mumkin.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Telegram |Facebook |YouTube |Instagram
87.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2024-01-12 08:19:04
#qishki_perevod

O‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Albatta mumkin. Buning uchun 20 kun vaqtingiz bor.

Xalqaro Nordik universitetida kunduzgi va sirtqi ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishingizni ko‘chirishingiz mumkin.

Kunduzgi ta'lim yo‘nalishlari: https://bit.ly/4aLMUzb

Sirtqi ta'lim yo‘nalishlari: https://bit.ly/3NXsNnO

Hujjat topshirish: https://transfer.nordicuniversity.org

Murojaat uchun:  +998555084400 / @nordikedu

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi, 22 a-uy

Litsenziya (№051207, 01.12.2022-y)

Telegram kanal: https://t.me/+tI1ao7eeAg4xZTEy
92.4K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-01-12 07:52:27 Нима деб ўйлайсиз, нима учун бошланғич таълимдан кейин ўқувчиларнинг таълимга қизиқиши ёки билим савияси сусаяди?

Боланинг ўрта ва юқори синф таълимига мослашишида унга қандай ёрдам бериш лозим? 

Бу борада психологлар хулосасига таяниб, бир қанча маслаҳатлар келтирамиз:

5-синф ўқувчисининг мактабга муваффақиятли мослашишининг биринчи шарти- унинг ҳеч бир камчилигига қарамай сўзсиз қабул қилинишидир.

Болангиз хулқ-атворида Сизни нимадир хавотирлантираётган бўлса, буни иложи борича тезроқ синф раҳбари ёки психолог билан муҳокама қилишга шошилинг.

Агар оилангизда боланинг руҳиятига таъсир этган қандайдир ходиса содир бўлган бўлса, бу хақда синф раҳбарига хабар беринг.

Мактабдаги ишларига қизиқиш кўрсатинг, мураккаб вазиятларни муҳокама қилинг, биргаликда низолардан чиқиш вазиятларини изланг. Мактабдан қайтгандан кейин фарзандингиз билан суҳбатлашинг.

Фарзандингизга янги ўқитувчиларни исмларини ёдлаб олишига ёрдам беринг.

Агар фарзандингиз бошланғич синфда сизнинг назоратингизга ўрганган бўлса, унинг ўзлаштиришини назорат қилишни дарров сусайтирманг.

Уни мустақилликка секин-аста ўргатинг.

Унинг синфдошлари билан албатта танишинг ва мактабдан кейин хам суҳбатлаша олишларига имкон яратинг.

Жисмоний таъсир чораларига йўл қўймаслик, болани қўрқитмаслик, танқид қилмаслик, айниқса бошқа одамлар (буви, бува, тенгдошлар) олдида. 

Жисмоний, руҳий жазолардан воз кечинг, ёқтирган нарсаларидан махрум қилманг.

Мактабдаги таълимга мослашиш жараёнида боланинг темпераментини инобатга олинг. Суст ва кам мулоқотчан болалар синфга қийинроқ мослашадилар, агар катталар ва тенгдошлари томонидан зўрлик, истеҳзо, бағритошликни ҳис қилсалар унга нисбатан қизиқишлари йўқолади.

Ота оналар учун мураккаб вазиятлардан чиқишда чидамлилик, эътибор ва болани тушуниш ёрдам беради. Бола учун оилада соғлом муҳит яратинг.

Бола хулқида мустақилликни шакллантириш учун шароит яратинг. 5-синф ўқувчиси масъулиятни ҳис қилган ҳолда уй юмушларини бажариши лозим. 

5-синф ўқувчиси учун ўқитувчи энди аввалгидек авторитетга эга эмас, ўқитувчига нисбатан танқидий фикрлар юритиши мумкин. Бола билан ўқитувчининг авторитетини туширмаган холда унинг норозилиги сабабларини муҳокама қилиш лозим.

Хулоса ўрнида айтиш жоизки, ўрта синфга ўтганда мактабнинг янги шароитларига мослашиш ота-оналар томонидан катта эътибор ва қўллаб-қувватлашни талаб қилади. Оиладаги тинчлик, соғлом муҳит унга мактабдаги муаммоларини яхшироқ ҳал қилишга ёрдам беради. Агарда, оиладаги муносабатлар бузилган бўлса, бунда бола фақат ўзи дарсларни ўзлаштирмай, балки бошқаларга ҳам халақит қилади.

Ким бизнинг фарзандимизга ёрдам беради? Биринчи навбатда- унинг яқинлари! Уларнинг, қўллаб қувватлашлари, маъқуллашлари болаларга қийин ҳаётий вазиятлардан чиқишга, уни ҳаётида ўзгарган шароитларга мослашишга, қийинчиликларга бардош беришга ёрдам беради.

Сиз фарзандларингиз билан бир кунда неччи соат нималар ҳақида суҳбатлашасиз?
124.8K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2024-01-08 20:33:53
Diqqat!

AVITSENNA TIBBIYOT TEXNIKUMIda qabul davom etmoqda

Ta’lim yo‘nalishlari:
Hamshiralik ishi 3 yil
Hamshiralik ishi 2 yil
Farmatsiya 3 yil
Fel’dsherlik ishi 3 yil

Qulayliklarimiz:
Germaniya, Bolgariya, Tayvandda oqish va ishlash imkoniyati
O’quvchilar o’qish davomida IELTS, CEFR, TOEFL sertifikatiga ega bo’ladilar
Amaliyotga yo’naltirilgan dars mashg’ulotlari
O’quvchilarga chet tillarni (ingliz, nemis, koreys, xitoy) mukammal darajada o’rgatish hamda ularni chet elga ishga va tajriba almashishga jo’natish

Roʻyxatdan oʻtish uchun. @AvitsennaTibbiyotTexnikum

(55) 511 01 62
(55) 511 01 65
(93) 735 04 02

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani,
Katta Qozirobod MFY, Farxod 16-uy.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish-3, 3-uy.
103.8K views17:33
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:38:24 Hurmatli ustoz, pedagoglar, aziz yurtdoshlar!

2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" barchangizga xayrli, omadli va barokatli bo'lsin!
119.3K views19:38
Ochish/sharhlash