Get Mystery Box with random crypto!

Mnemonika haqida eshitganmisiz? Inson xotirasi - uning umri | Online Maktab | Rasmiy kanal |



Mnemonika haqida eshitganmisiz?

Inson xotirasi - uning umri davomidagi eslab qolgan ma'lumotlari bo'lib, u ikki turga bo'linadi, doimiy va qisqa.

Doimiy xotirangizga - ota-onangiz, o'zingiz, yashash manzilingiz, oila a'zolaringiz va shunga o'xshash ma'lumotlar kiradi.

Qisqa xotirangizga - o'qigan kitoblaringiz, olgan bilimlaringiz, yaqin orada uchratgan insonlaringiz, qisqa vaqtda olingan va unutilishi tez sodir bo'ladigan barcha ma'lumotlaringiz kiradi.

Mnemonika usullaridan foydalanish orqali esa Siz, qisqa xotirangizni doimiy xotirangizga aylantirishingiz mumkin bo'ladi.

Qanday qilib deysizmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining YouTube Milliy ta’lim resurslari kanalidagi “Shaxsiy rivojlanish” onlayn kursining 12-darsida Mnemonika haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!

Ushbu xabarni yaqinlaringizga ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing.

#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar