Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.57K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2024-01-28 09:50:47 Hududingizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan boxabar bo’lib borishni istaysizmi?

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hududiy boshqarmalari telegram sahifalarini kuzatib boring:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – https://t.me/kkeduuz

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/and_vxtb

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/samarqandvxtb

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/sirdaryommtb

Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/Jizzaxedu

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/bvxtb

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/surxonvmmtb

Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/fvxtb

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/namanganv_xtb

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/Xorazm_MMTB

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/toshkentvxtb

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/qashqadaryo_vxtb

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/navoiy_viloyat_mmtb

Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – https://t.me/ToshkentshaharXTBB
28.0K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2024-01-27 19:11:44 #malaka_toifasi

Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
82.1K views16:11
Ochish/sharhlash
2024-01-27 10:45:09
Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди
#26jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
12.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2024-01-27 09:54:38
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_25

AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

Bugungi audiobayonotimizda:

00:10 Ta’limda menejment yo‘nalishida tahsil olganman. Maktab direktorligiga nomzodimni qo‘yish uchun menejerlik kursida o‘qishim kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, o‘qish uchun qayerdan, qay tartibda ro‘yxatdan o‘taman?

01:27 Maktab direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlayman, menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshirdim. Ushbu o‘qishda avval kimlar o‘qiydi: direktorlarmi yoki boshqa nomzodlarmi?

02:25 Men menejerlik o‘quv kursiga qatnashish uchun ariza topshirdim. O‘quv jarayonlari qachon bo‘lib o‘tadi?

03:08 Endilikda sertifikati yo‘q o‘qituvchilar chet tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlolmas ekan, shu to‘g‘rimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
42.4K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2024-01-26 17:28:46
#Barkamol_avlod_festivali

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” RESPUBLIKA FESTIVALI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI


Namangan viloyatida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tantanali taqdirlash marosi bo'lib o'tdi.

Unda mas'ullar ishtirok etib, o'quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlarga alohida to’xtalishdi va ixtirochi, munchoqli bezak yo’nalishida tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan rassom va karving ustalarini e’tirof etishdi.

Ma'lumot o'rnida: festivalning shahar-tuman bosqichlari 35 025 nafar o’quvchilarni  qamrab oldi. Viloyat bosqichida esa 7 ta yo’nalish bo’yicha 84 nafar o'quvchilar o’zaro bahslashib, g’oliblik uchun kurashishdi.

Murosasiz kechgan bellashuvda jami 21 nafar o’quvchilar 1-,2-,3-o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Tadbir yakunida g’olib o’quvchi-yoshlarga diplom va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
17.1K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2024-01-25 13:37:23
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qaysi holatlarda rad etilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:

pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;

so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;

attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi
(pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).

Eslatma: mazkur asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish mumkin emas.
15.8K views10:37
Ochish/sharhlash
2024-01-25 08:06:33
#Konferensiya

"Ustoz-2021" tanlovi g'oliblari ishtirok etgan "INTCESS-24" 11-Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi.

Unda O'zbekiston, Turkiya, AQSH, Indoneziya, Eron, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Kipr, Hindiston, Liviya, Finlandiya kabi 20 dan ortiq davlat vakillari qatnashishdi.

Mazkur ilmiy anjuman doirasida ustozlar uchun Bosfor ko‘rfazi va Marmar dengizi bo‘ylab kema sayohati ham tashkil etildi.

Ushbu sayohat davomida anjuman ishtirokchilari tashkilotchilar hamda xorijlik hamkasblar bilan 3 kunlik ilmiy konferensiya jarayonlarini muhokama qilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari haqida so'z yuritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
12.9K views05:06
Ochish/sharhlash
2024-01-24 17:56:37
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.1K views14:56
Ochish/sharhlash
2024-01-24 16:06:54
#Õzbekiston_tarixi
#11_dars

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda mahalliy hokimliklarning tashkil topishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
23.2K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-01-24 10:28:20
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukus inklyuziv ijod studiyalariga to‘rtinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi.

15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 31-yanvar kuniga qadar bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится четвёртый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. Обучение будет проводиться по следующим направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет, зарегистрировавшись до 31 января здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
13.0K views07:28
Ochish/sharhlash