Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.57K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2024-02-29 09:15:38
#Shoshiling

Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun
yakunlanadi!

Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
36.4K views06:15
Ochish/sharhlash
2024-02-29 06:52:04 Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda!

Nizomning 8-10-bandlarida: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikat"lar rasmiylashtirildi.

Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

P.S Nizomning 8-10-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 31 dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (https://pedkadr.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
23.5K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2024-02-28 17:52:52
Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish masalalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba

Ta’lim jarayonida xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.

Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi.

Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni "ovozsiz" rejimga o‘tkazishi) shart.

Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o’quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog’liq talablar belgilangan.

Xorijiy tajriba qanday?

Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan.

Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.

Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
61.4K views14:52
Ochish/sharhlash
2024-02-27 09:38:25
Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
58.6K views06:38
Ochish/sharhlash
2024-02-26 20:49:01
#bugun_xorazm

Xorazmda ta'lim maskanlariga tashrif davom etmoqda

H.Umarovaning viloyatdagi navbatdagi tashriflaridan Xiva tumanidagi 120 o'rinli 18-maktab va 1-sonli DMTT, Xiva shahrida 1972-yilda qurilgan 280 o'rinli 8-sonli DMTTlar o'rin oldi.

Vazir mazkur joylarda ta'lim-tarbiya jarayonlari, binolar holati, kadrlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Viloyatda 557 ta maktab faoliyat ko'rsatmoqda, shulardan 438 tasida harbiy sinflar tashkil etilgan.

Vazir harbiy o'qituvchilar bilan suhbat chog'ida ularning faoliyati ham harbiylarnikidek mas'uliyatli va sharafli ekanligini e'tirof etdi.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 973 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan 366 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 95 ta davlat xususiy sherikchiligidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 7 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 505 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

3-7 yoshdagi bolalar soni 153 976 nafar bo‘lib, ularning
125 000 nafari (81.2 %) qamrab olingan. Shundan, 75 865 nafari (49,3%) davlat, 240 nafari (0,2%) xususiy, 10 418 nafari (6,8%) DXSh asosidagi, 38 477 nafari (25,0%) oilaviy MTT larga qatnaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
18.1K views17:49
Ochish/sharhlash
2024-02-26 18:15:49
#Xalqaro_hamkorlik

O’zbekiston va Singapur Ta’lim vazirliklari o’rtasida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Singapur davlatida bo'lib turgan vazirlik delegatsiyasi Singapur Ta'lim vazirligi vakillari bilan uchrashishdi.

Unda tomonlar ta’lim sifatini yaxshilash, ta'limda ilg’or tajribalarni qo’llash, shu jumladan kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapurning National Institute of Education (Milliy Ta'lim Instituti) da bo‘lib, amaldagi pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida:

malaka oshirish tizimi hamda o’quv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish,
ta’lim berish sifatini yaxshilash va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
30.8K views15:15
Ochish/sharhlash
2024-02-26 15:58:25 Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat

Mazkur holat joriy yilning 23-fevral kuni maktabning 6-sinfida o‘tilgan matematika darsida sodir bo‘lgan. Dars vaqtida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchi Z. N. o‘qituvchi tomonidan sinfxonadan chiqarib yuborilgan. Yana bir o‘quvchi U.Z bir vaqtda bu tartibsizlikka qo‘shilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganish ishlari, xususan, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab rahbariyati vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotlar va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuzaga kelgan vaziyatga tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bolalar masalalari bo‘yicha Chilonzor tumani komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiyaning mazkur holat bo‘yicha o‘rganish xulosasi joriy yilning 28-fevral kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga chalg‘imasligi, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatgan holda murojaat qilishi zarur.

Ushbu qoidalar mazmun-mohiyati va ularga amal qilmaslik bo‘yicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga atroflicha tanishtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
18.0K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2024-02-26 15:12:58
#live

Bugun butun Respublikamiz bo'ylab Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi bo'lib o’tdi.

Ma'lumot o'rnida, tanlovning tuman bosqichida:

1-o'rinni egallagan maktab jamoasi 100 million,
2-o'rinni egallagan maktab jamoasi 75 million,
3-o'rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofotini qo'lga kiritadi.
______
Fotolavhalarda hududlardagi sinov jarayonlari aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
14.6K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-02-09 18:50:20
#Pedagog_maqomi
#Tаълим_ислоҳоти

Ustoz va shogird “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun haqida


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Ushbu videolavhada mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Unda Qonun bilan ustozlar uchun kafolatlangan huquqlar haqida so’z boradi.

Yangi O’zbekiston - ta’limda yangi marralar sari!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
40.1K views15:50
Ochish/sharhlash
2024-02-09 15:44:19
#Ochiq_eshiklar_kuni

OʻQUVCHILARNI TOʻGARAKLARGA JALB ETISH UCHUN SAMARALI LOYIHAGA START BERILDI


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tumandagi 10-,42-,59-,324-,19-,115-,20-maktablaridan jami 50 nafar oʻquvchilar tanlab olinib, taklif etildi.

Ochiq eshiklar kuni davomida oʻquvchilarga toʻgaraklar faoliyati yaqindan tanishtirilib, mahorat mashgʻulotlari ham tashkil etildi.

Tadbir so'ngida oʻquvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida ular oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazildi.

Soʻrovnoma natijalari asosida oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan toʻgaraklarda bir oy davomida Shayxontohur tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabidagi toʻgaraklarga tajriba tariqasida BEPUL jalb qilinadi.

Ushbu toʻgaraklarni toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilarga sertifikat berilishi koʻzda tutilgan.

Ma’lumot o'rnida: ushbu loyiha respublikamizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablariga bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
12.6K views12:44
Ochish/sharhlash