Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umum | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo’ldi.

Mazkur maktab ilgari 960 o‘rinli edi. Lekin o‘quvchilar soni 2 mingdan oshardi. Shu bois o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurildi. Natijada 1 ming 700 ta qo‘shimcha o‘rin paydo bo‘ldi.

Maktabda 65 ta o‘quv, 12 ta chet tili va 5 ta kompyuter xonasida zamonaviy sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarni aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalarga qiziqtiruvchi STEM-laboratoriya va sport zali zarur anjomlar bilan ta’minlandi, kovorking va rekreatsiya hududi tashkil etildi.

Bugun maktabda 2 ming 600 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘tgan yili 165 nafar bitiruvchidan 163 nafari oliy ta’limga o‘qishga kirgan.

— Shunday vaqtlar bo‘ldiki, pedagoglikka e’tibor susayib ketdi. Hozir bu sharafli kasbning nufuzini tiklash, ularni moddiy rag‘batlantirishga harakat qilayapmiz. Yangi Toshkent shahri qurilishini ham Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlamoqchimiz. Chunki yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar. Shuning uchun ular doim o‘z ustida ishlashi, bilim va uslublarini rivojlantirib borishi kerak, — dedi davlat rahbari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin