#soha_qonunchiligi
AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADIO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra:
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda
Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
O‘quvchilar oʻrtasida
“Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda
muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;
Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich
STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;
Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan
STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;
Agentlik tizimida "
Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "
Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;
Oʻquvchilar oʻrtasida
"Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;
Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida
“Ixtirochilikka qadam” tanlovi
oʻtkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube